Yoshlik inson hayotining eng go‘zal davri. Kuchga to‘lgan, imkoniyatlar, orzu-umid va rejalarga boy davr. Aynan mana shu davrda amalga oshirgan ishlarimiz kelgusi hayotimizni belgilab beradi.
Yoshlik bergan imkoniyatlardan qanday foydalanish kerak? Psixolog Meg Jeyning “Muhim davr. Hayotni nima uchun keyinga qoldirib bo‘lmaydi” nomli kitobi aynan mana shu haqda. Ushbu kitob 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha insonlarga bag‘ishlanadi. Mulohoza.uz sayti Quyida mazkur kitobdan ayrim maslahatlarni ma’lum qildi.
Baxt formulasi haqida
To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri hayot bo‘lmagani kabi yaxshi yashash formulasi ham mavjud emas. Lekin tanlov va uning oqibatlari bo‘lib, yigirma yoshli yigit-qizlar o‘z kelajaklari haqida o‘ylashsa foydadan xoli bo‘lmaydi. Agar yigirma yoshdan o‘ttiz yoshgacha davr oralig‘ida kelgusi hayotingizga etarlicha e’tibor bilan yondashsangiz, sizni oldinda ajoyib kunlar kutadi.
Tanlov haqida
Bir umr xayol surib o‘tirish mumkin emas. Nima qilishingizni anglashingiz uchun nimadir qilishingiz kerak. “Hayotim o‘z qo‘limda” degan qo‘rquvdan voz kechish lozim. Mo‘’jizalar yuz bermaydi deya qo‘l qovushtirib o‘tirish yaramaydi. Kelajagingizni o‘ylamaslik ana shu qo‘rquvga tobe bo‘lish, o‘zini go‘yoki bugungi kunning ahamiyati yo‘qdek tutish demakdir. Kelajak uchun tanlov qilmaslik o‘ziga hech qanday mas’uliyatni olmasdan yashash yo‘lini topishga umid qilishdir.
O‘ziga bo‘lgan ishonch haqida
O‘ziga ishonch – tug‘ma emas, balki tajribalar asosida yuzaga keladigan xususiyatdir. Agarda bu omad tufayli bo‘lganida edi, odamlar kamroq xavotirga tushishar va o‘zlarini qat’iyroq tutgan bo‘lishardi. O‘ziga bo‘lgan haqiqiy ishonch zamirida bevosita faoliyat tufayli yuzaga kelgan tajriba va qat’iyat bilan erishilgan muvaffaqiyatlar yotadi. Hayotning qay jabhasida bo‘lmasin, tajribalar asosida paydo bo‘lgan o‘ziga ishonch hissi g‘olib chiqadi.
Pul haqida
Yigirmaga to‘lgan yoshlarga ko‘p pul ishlab topish uchun hali oldinda o‘nlab yillar bordek tuyuladi, lekin AQSh aholini ro‘yxatga olish byurosining ma’lumotiga qaraganda, qirq yoshga to‘lganda oylik maosh miqdori eng yuqori nuqtasiga etadi va o‘zgarmasdan qoladi.
Umr yo‘ldoshi tanlash haqida
Umr yo‘ldoshi tanlash juda mas’uliyatli ishdir. Kimni tanlashga qaror qilishingiz butun kelgusi hayotingizning qanday kechishini belgilab beradi. Moliyaviy ahvolingiz, ishingiz, turmush tarzingiz, sog‘ligingiz, xullas, hayotingiz umr yo‘ldoshingiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun umr yo‘ldoshi tanlashda hushyor bo‘ling, keyin kech bo‘ladi.
Afsuslanish haqida
“Shuncha yil umrimni behuda o‘tkazibman, vaqtimni o‘yin-kulgiga sarflabman. Tanish-notanishlar bilan ziyofatlarda eb-ichib yuraveribman. Yigirma yosh eng gullagan davr, lekin uni shunday behuda o‘tkazmasam ham bo‘lardi-ku. Nega hech kimning nasihatlariga quloq solmadim?” deya keyinchalik afsuslangandan ko‘ra hozirdan kelajagingiz haqida jon kuydiring.
O‘z hayoti uchun javobgarlik haqida
Bizga hech kim baxtli hayotni qo‘shqo‘llab tutqazmaydi. Shuning uchun o‘z hayotingiz uchun mas’uliyatni o‘z zimmangizga oling. Oldingizga maqsad qo‘ying. Ishlang. Oila quring. Vaqtning qadriga eting. Hayotingizga mazmun bag‘ishlang. Taqdiringiz sizning hech narsa bilmaganingiz yoki hech narsa qilmaganingizga bog‘liq bo‘lib qolmasin. Hayotingizni belgilab beruvchi qarorni bugunoq qabul qiling. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Jamshid Saidov: "Yosh bolalardek o‘ynadik, raqib bizni yanchib tashladi"
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Superliga. "Navbahor" safarda "Qizilqum"ni 5:1 hisobida mag‘lub etdi