13:50 / 29.10.2016
13 727

Omadlimi, makkormi, dilkashmisiz, burjingizga qarab biling!

Omadlimi, makkormi, dilkashmisiz, burjingizga qarab biling!

Eng ehtirosli – Hamal

Mazkur burjda tug‘ilganlar faol, yoqimtoy va ehtirosli bo‘lishadi. Jozibalari bilan juftlarini maftun etishlari ayni haqiqat. Ular o‘zgalar e’tiborini tarovatlari va ichki tuyg‘ulari bilan jalb qilishga ustalar.

Eng sahiy – Savr

«Savr»lar ziddiyatlarni yoqtirishmaydi. Suhbatlashganda muloyimlik bilan so‘zlashish va uddaburonlik bilan javob berish ular uchun xos sifatdir. Ular beminnat yordam ko‘rsatadilar, evaziga hech narsa talab qilishmaydi. Yuraklari juda keng.

Eng omadli – Javzo

Eng omadli burj vakillari aynan «Javzo»lar. Ular boshqa burj vakillariga qaraganda kerak joyda va kerakli vaqtda paydo bo‘lishni biladilar. Tabiatdan juda optimist bo‘lganliklari esa omad kalitidir. Qanday ishga qo‘l urishmasin hamisha ko‘tarinki kayfiyat va omadga erishish payida bo‘lishadi.

Eng oilaparvar –Saraton

Ushbu burj vakillari uchun oila birinchi o‘rinda turadi. Ular o‘zlariga mos umr yo‘ldosh topishga oshiqadilar. Qo‘rg‘onlarini hamisha himoya qilishadi. Farzandlari uchun g‘amxo‘rliklarini aytmaysizmi. Bu burj vakillari uchun jiddiy aloqalar va nikoh eng maqbul variant.

Faqat «Men» deguvchi – Arslon

Bag‘irikenglik va do‘stlariga yordam qo‘lini cho‘zishlari bekorga emas. Har bir boshlagan ishida o‘z foydasini ko‘rmasa, engini shimarmaydi. Ular hammaning diqqat markazida bo‘lishni sevadilar va bundan kuchga to‘ladilar. Bundan tashqari, ular maqtov-mulozamat gadosidirlar, bunday paytda o‘zlarini yuksaklarda his qilishadi.

Eng sodiq - Sunbula

Bu burj vakillari bo‘lajak yorlarini juda ehtiyotkorlik bilan tanlashadi. Ularga butun mehr-muhabbatini ulashib, turmushlarini farovon qilishga harakat qilishadi. «Sunbula» burjidagilar nafaqat juftlari, balki yaqin do‘st va dugonalariga ham sira xiyonat qilishmaydi.

Eng dilkash – Mezon

«Mezon»larning og‘zini yopsangiz ham gapdan to‘xtata olmaysiz, soatlab suhbatlashish jonu dillari. Ular yangi tanishuvlardan xursand bo‘lishadi. Katta davralarda o‘zlarini qulay his etishlari va ishonch bilan so‘zlashlari diqqatdan chetda qolmaydi. Zaif tomonlari esa bir kun ham yolg‘izlikni ko‘tara olishmaydi.

Eng makkor – Aqrab

Agar bu burj vakillari o‘ch olishni boshlasalar, ularni to‘xtatib qolish qiyin. Ular siz gumon qila olmaydigan darajada eng murakkab usullardan foydalanib qasdlashishadi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, «Aqrab» lar xavfli raqibdirlar.

Eng chiroyli – Qavs

«Qavs» ayollarining tashqi ko‘rinishi tabiatan nafis va jozibador. Tabassumlari bilan atrofdagi insonlarni maftun qila olishadi. Tashqi ko‘rinishlari e’tiborli bo‘lishni ham o‘rniga qo‘yishadi. «Qavs»larni patalak sochu shishgan qovoqlar bilan uchratishingiz amrimahol.

Eng yopiq – Jadiy

Ularning xayolida nimalar borligini topish juda qiyin. Kamdan-kam hollarda o‘z kechinma va sirlarini o‘zgalarga ishonadilar. Ko‘pincha insonlar orasida o‘zlarini sovuqqon va beparvo tutishadi.

Eng ajoyib – Dalv

Yangi g‘oyalar ishlab chiqarishda «Dalv»ga teng keladigani yo‘q. Ularda tasavvur va ijodkorlik xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Ammo ba’zan o‘ylagan narsalarini amalga oshirish uchun ikkilanishadi. Natijada esa ajoyib kashfiyotlar tan olinmaganicha qolib ketadi.

Eng kuchli - Hut

Astrologlarning fikricha eng kuchli burj vakillari aynan «Hut» ekan. Bu juda ajablanarli axir bu burj vakillari hissiyotga beriluvchan va ta’sirchan bo‘lishadiku. Ularda kuch qayerdan bo‘lsin? «Hut» larda boshqa burjlarda yo‘q qobilyat bor. Masalan qaysar «hamal» va «jadiy» mag‘lubiyatga uchraganida «hut» yuksaklarda turgan bo‘ladi. «Hut»lar egiladi, ammo sinmaydi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Omadlimi, makkormi, dilkashmisiz, burjingizga qarab biling!