16:37 / 01.11.2016
16 053

O‘zim bilan doim ikki dona yong‘oq olib yuraman. Sababini bilsangiz, siz ham shunday qilasiz….

Sharq tabobati ikki dona yong‘oqni doimo o‘zingiz bilan olib yurishingizni tavsiya qiladi. Chunki, asabiy taranglikdan ular bilan kaftlarni uqalab qutilish mumkin. Ayniqsa, hozirgi kunlarda stresga uchramay iloj yo‘q, ming afsuski ular bilan kurash uchun hafsala qilmaymiz, deb yozmoqda "Mulohaza.uz" sayti.

Qanday qilib ikki daqiqa ichida stresdan xalos bo‘lish mumkin?

Kaftlarimizda faol nuqtalar joylashgan bo‘lib, ular ichki a’zolarimiz uchun javobgardir. Ularni uqalash yordamida turli xastaliklardan qutilish va hattoki ozish ham mumkin!

Tezda tinchlanish uchun:
O‘zim bilan doim ikki dona yong‘oq olib yuraman. Sababini bilsangiz, siz ham shunday qilasiz….

1) Kaftlaringizga yong‘oq olib, doira shaklda aylantiring.

2) Yong‘oqlarni paylar o‘rtasiga joylashtirib, biroz siqib ikkinchi qo‘lingiz kafti bilan doira shaklda aylantiring.

3) Jimjiloq barmog‘ingizni ikkinchi qo‘lingiz kafti bilan biroz uqalang.

Sharq tabobatida, mashqlardan so‘ng insonning psixologik holati uchun javobgarlik miyadan ichki a’zolarimiz nazoratiga o‘tishi ta’kidlanadi.

Yong‘oq bilan uqalash mashqi stresdan xalos bo‘lishning anchayin samarali usulidir. Sizdan faqat hordiq uchun biroz muddat va ruhiy holatingiz uchun ozginagina vaqt talab qilinadi. Bu ishda sizga ikki dona yong‘oq yordamchi bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘zim bilan doim ikki dona yong‘oq olib yuraman. Sababini bilsangiz, siz ham shunday qilasiz….