Insoniyatning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi tobora ortib bormoqda. Xar bir odam o‘zining qancha umr ko‘rishini bilishga qiziqishi tabiiy. Albatta, kim qancha umr ko‘rishini yaratgandan o‘zga bilmaydi. Shunday bo‘lsada, quyidagi savollarga javob berayotib, umringizni imkon qadar uzaytirish, ya’ni sog‘ligingizni asrash avvalo o‘zingizga bog‘liq ekanligini bilib olasiz. Quyidagi test jahonning etakchi tibbiyot mutaxassislari tomonidan tuzilgan.
Siz ushbu testga samimiyat bilan javob berishingizni va shu bilan birga test natijalarini o‘zingiz uchun yakuniy tashhis sifatida qabul qilmasligingizni eslatib o‘tishni istardik. Ushbu testdan foydalanishingiz uchun necha yoshda ekanligingizning ahamiyati yo‘q.
72 sonini olamiz. Agar siz erkak kishi bo‘lsangiz, 72 sonidan 3 ni ayiring, agar ayol kishi bo‘lsangiz 72 soniga 4 ni qo‘shing. Shunday qilib erkaklar 69, ayollar esa 76 soniga quyida keltirilgan sonlarni qo‘shish orqali qancha umr ko‘rishlarini bilib olishlari mumkin.
1. Agar yashayotgan hududingizda 1 milliondan ortiq kishi bo‘lsa, 2 sonini ayiring.
2. Agar yashayotgan hududingiz aholisi 10 ming kishidan kam bo‘lsa, 2 sonini qo‘shing.
3. Agar ishingiz aqliy mehnat bilan bog‘liq bo‘lsa 3 sonini ayiring. Jismoniy mehnat qilsangiz, 3 sonini qo‘shing.
4. Agar haftasiga 5 kun yarim soatgina bo‘lsa ham sport bilan shug‘ullansangiz 4 sonini, haftasiga 2 3 marta shug‘ullansangiz 2 sonini qo‘shing.
5. Agar uylangan, turmushga chiqqan yoki nikoh qurmoqchi bo‘lsangiz, 5 sonini qo‘shing.
6. Agar umuman nikoh qurishni istamasangiz, 25 yoshingizdan boshlab xar 10 yil uchun 1 sonini olib
tashlang.
7. Agar xar kuni 10 soatdan ko‘p uxlasangiz 4 sonini ayiring. 7 8 soat uxlasangiz, hech nimani
ayirmang.
8. Agar yomon uxlasangiz, 3 sonini olib tashlang.
9. Agar asabiy, jizzaki, agressiv odam bo‘lsangiz 3 sonini olib tashlang.
10. Agar og‘ir-bosiq odam bo‘lsangiz , 3 sonini qo‘shing.
11. Agar o‘zingizni baxtli deb bilsangiz, 1 sonini qo‘shing baxsizman deb o‘ylasangiz, 2 sonini ayirib tashlang.
12. Agar yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasangiz 1 sonini ayiring
13. Agar har doim pulga muhtojlik sezib, qo‘shimcha ish qidirsangiz, 2 sonini ayiring.
14. Agar o‘rta ma’lumotli bo‘lsangiz, 1 sonini qo‘shing.
15. Agar ma’lumotingiz oliy bo‘lsa, 2 sonini qo‘shing.
16. Agar siz nafaqaga chiqqan, lekin ishlayotgan bo‘lsangiz 3 sonini qo‘shing.
17. Agar sizning buvangiz yoki buvingiz 85 yoshga to‘lgan bo‘lsa, 2 sonini, agar ikkalasi ham 80 yoshga to‘lgan bo‘lsalar, 4 sonini qo‘shing. Agar ulardan biri 50 yoshga to‘lmasdan bevaqt (infarkt, insult va boshqa sabablar tufayli) vafot etgan bo‘lishsa, 4 soni olib tashlang.
18. Agar yaqin qarindoshlaringizdan biri
50 yoshga to‘lmasdan rak, infarkt kabi kasalliklardan vafot etgan bo‘lsa, 3 sonini olib tashlang.
19. Agar kuniga 3 quti sigareta chekadigan bo‘lsangiz, 8 sonini, agar 1 quti sigareta cheksangiz 6 sonini, agar 1 qutidan kam sigareta cheksangiz 3 sonini olib tashlang.
20. Agar kuniga 1 tomchi bo‘lsa ham spirtli ichimlik iste’mol qilsangiz, 1 sonini olib tashlang.
21. Agar vazningiz me’yordan 20 kg ortiq bo‘lsa, 8 sonini, 15 20 kggacha ortiq bo‘lsa 4 sonini, 5 15 kggacha ortiq bo‘lsa, 2 sonini olib tashlang.
22. Agar siz 40 yoshdan oshgan va yilda bir marta tibbiy profilaktika ko‘rigidan o‘tuvchi erkak kishi bo‘lsangiz 2 sonini qo‘shing.
23. Agar 30 40 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz, 2 sonini, 40 50 yosh bo‘lsangiz, 3 sonini, 50
yoshdan katta bo‘lsangiz, 4 sonini qo‘shing hosil bo‘lgan natija siz ko‘rishingiz mumkin
bo‘lgan umr hisoblanadi. Agar o‘zingizga e’tiborli bo‘lib, zararli odatlardan vaqtida voz kechsangiz, test natijasida hosil bo‘lgan yoshdan ham o‘tib ketishingiz aniq!!
Manba: Mulohaza.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Qur’onni yoqqani uchun qamalgan Nikita Juravelga yangi hukm o‘qildi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...