17:45 / 24.11.2016
14 383

Har bir kishining ovqatlanish rasioniga kiritilishi kerak bo‘lgan 8 ta ichimlik

Har bir kishining ovqatlanish rasioniga kiritilishi kerak bo‘lgan 8 ta ichimlik

Quyida keltiriladigan ichimliklarning har biri o‘ziga xos foydali va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lib, ular bir-birining o‘rnini bosa olmaydi, shu tufayli ovqatlanish rasioningizdan ularning har biri uchun alohida joy ajrating.

Ko‘k choy
Ko‘p miqdordagi flavonoidlar, polifenollar va antioksidantlar tufayli ko‘k choy erkin radikallarni neytrallashtiradi, suyaklarni mustahkamlaydi, yurak va qon-tomir kasalliklaridan himoya qiladi va saraton yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi.

Yalpizli choy
Ushbu ichimlik ovqat hazm bo‘lishini normallashtiradi va yengillashtiradi. Buning ustiga, yalpiz spazmaga qarshi ta’sirga ega, ya’ni muskullardagi og‘riqlardan xalos etadi.

Yog‘siz sut
Sut uzoq vaqt davomida ishtahani “jilovlab” tura oladi, bu ortiqcha vaznga qarshi kurashda juda qo‘l keladi. Unda murakkab uglevodlar, oqsillar, kalsiy va D vitamini bor. Yog‘lilik darajasi 1 foiz bo‘lgan sut eng foydalisidir.

Soya o‘simligi suti
U qondagi “yomon” xolesterin miqdorini pasaytirishi hisobiga yurak va qon-tomir kasalliklari rivojlanishi oldini oladi. Biroq sigir sutini to‘liq soya suti bilan almashtirib bo‘lmaydi, chunki bu kalsiy hamda A va D vitaminlari etishmasligiga sabab bo‘ladi.

Qaynoq shokolad yoki kakao
Ushbu ichimliklar organizmda kayfiyatni ko‘taruvchi serotonin gormoni ishlab chiqarilishiga turtki beradi. Shuningdek, qaynoq shokolad va kakao yurak va qon-tomir kasalliklari yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. Ularning tarkibiga kiruvchi polifenollar esa hujayralarni erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi.

Pomidor sharbati (tuzsiz)
Pomitor sharbatidagi likopen o‘pka, oshqozon, ichaklar, jigar, sut bezlari, bachadon bo‘yni kabi organlar uchun onkologik kasalliklar profilaktikasi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari, likopen yurak va qon-tomir kasalliklari yuzaga kelishi xavfini kamaytiradi.

Klyukva sharbati
Ushbu ichimlikning foydasi haqida olimlar juda ko‘p gapirgan. U ovqat hazm qilish va siydik chiqarish tizimini infeksiyalardan himoya qiladi. Shuningdek, klyukva sharbati milklar kasalliklari oldini oladi va qondagi “yomon” xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Apelsin sharbati
S vitaminining mo‘lligi immunitetni oshiradi, bu esa ko‘plab kasalliklar, shu jumladan, katarakta va saratondan himoya qiladi. Shifokorlar apelsin sharbatini homiladorlik davrida ham ichishni maslahat beradi, chunki uning tarkibidagi foliy kislotasi homila rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har bir kishining ovqatlanish rasioniga kiritilishi kerak bo‘lgan 8 ta ichimlik