Kimgadir irimlar kulgili tuyulsa, kimdir ularga qat’iy amal qiladi. Bugun ruldagi xonimlarning qanday irimlarga rioya etishi haqida so‘z ochamiz. Albatta, ularning hammasi ham quyida keltirilgan irimlarning barchasiga ishonavermaydi. Kimlardir qaysidir irimni hali umuman eshitmagan hamdir balki. Nima bo‘lganda ham quyidagilar ruldagi xonimlardan eshitganlarimiz va ularning aynan ularning tilidan keltiramiz, deyiladi Darakchi nashrida.
1. — Avtomobil salonida «shu mashinamni sotishim kerak», demaslik kerak. G‘ildiraklarni tepish, xatto haqoratlash ham mumkin emas. Chunki mashinangiz bunday muomalangizdan xafa bo‘ladi, keyin ancha vaqt qaeri buzilganini tushunolmay yurasiz.
Kamola, talaba
2. — Minilgan mashina xarid qilayotgan bo‘lsangiz, egasiga ham e’tibor bering. U o‘ziga to‘q odam bo‘lsa, «omadi menga ham o‘tsin» deb niyat qilish kerak. Lekin yangisini sotib olayotib, qancha haydab, qachon sotishingizni xayol qilmang.
Gulnoza, tadbirkor
3. — Mashinamni sotib olganimda yukxonasiga domkrat, dori qutisi va ba’zi zarur anjomlarni joyladim-da, irim qilib «bu sizning joyingiz, shu erdan hech qaerga chiqmang», deganman. Bu bilan kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz xodisalarning oldi olinar ekan.
Dildora, uy bekasi
4. — Avtomobilingizning old oynasiga qushlarning axlati tushgan bo‘lsa, bu pulingiz ko‘payishidan darak. Biroq oynadagi bu «boylik»ni darhol artib olish kerak, yo‘qsa, pullaringiz tez sarflanib, barakasi bo‘lmaydi.
Sabohat, tadbirkor
5. — Men mashinamga muloyim nom qo‘yib olganman, lekin nomini hech kimga aytmaslik kerak. Mabodo yoqilg‘ingiz tugab borayotganiga ko‘zingiz tushsa, ana shu nom bilan atab, erkalasangiz, benzin quyish shaxobchasigacha eson-omon etib olasiz.
Sevara, tikuvchi
6. — Negaligini bilmadim-u, doim mashinamni yuvdirishim bilan yomg‘ir yog‘adi. Shuning uchun yomg‘ir yog‘ishini xohlasam, mashinam toza bo‘lsa ham yuvdirishga boraman.
Gulnoza, bank xodimi
7. — Har kuni uydan chiqishim bilan ko‘chamiz boshidagi svetaforga e’tibor beraman. Agar uning yashil chirog‘i yonib turgan bo‘lsa, «bugun ishlarim zo‘r bo‘ladi!» deb xursand bo‘laman. Qizil chiroq yoniq bo‘lsa, o‘sha kuni ehtiyotkor bo‘lib yuraman. Sariq chiroqqa ko‘zim tushsa, beixtiyor xayolimdan «kunim o‘rtamiyona o‘tarkan» degan fikr o‘tadi.
Shirin, dizayner
Aytishlaricha, irimlar qachonki ularga ishonsanggina amalga oshar ekan. Eng asosiysi esa avtomobil ruliga faqat yaxshi niyat va mustahkam ishonch bilan o‘tirish. Yo‘lingiz bexatar bo‘lsin!
DILDORA tayyorladi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!
Ukraina bir qator shaxslarga berilgan davlat mukofotlarini bekor qildi