QO‘Y
Qo‘ylar odatda, bir ishni qilishdan qochish uchun yolg‘on o‘ylab topaveradilar. U oldindan shunaqangi yolg‘onlarni qalashtirib tashlaydiki, atrofdagilar undan biror nimani iltimos qilishdan qo‘rqadilar. Ularning bu bahonalari yolg‘on yoki rostligini aniqlash qiyin emas, chunki ular doim mantiqsiz bo‘ladi.
BUZOQ
Buzoqlar yolg‘onga xuddi yosh boladek yondashadilar. Ular o‘zlariga nisbatan rahm-shafqat yoki faxrlanish hissini tuyishlari uchun yolg‘onga murojaat qiladilar. Ba’zida nojo‘ya ishlarini bekitish uchun ham yolg‘on to‘qiydilar. Erkak Buzoqlar do‘stlari bilan choyxonada o‘tirsa ham, qo‘ng‘iroq qilgan ayoliga «majlisdaman» deb yuborishdan tap tortmaydi.
EGIZAKLAR
Egizaklarning yolg‘oni shunchaki o‘yindir. Ular bu o‘yinda doim g‘olib bo‘ladilar. Ular o‘zlarining haqligini isbotlash yoki jazodan qutulib qolish uchun o‘ynaydilar. Egizaklar yolg‘onlarini dalillar bilan to‘ldirib, yaxshigina hikoya ham to‘qiydilar. Ularning yolg‘onini fosh qilish juda qiyin. Siz hatto, uning gaplari yolg‘on ekanligini xayolingizga ham keltirmaysiz.
QISQIChBAQA
Qisqichbaqalar kamdan-kam hollarda yolg‘on gapiradilar. Ular faqat yolg‘on bilan yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan vaziyatda yolg‘on qo‘llaydilar. Masalan, yosh bolaning mushugi o‘lib qolgan bo‘lsa, «mushukchang qochib ketibdi», deb aldashlari mumkin. Lekin hech qachon o‘z foydasi uchun yolg‘on gapirmaydilar.
ARSLON
Arslonlar mohirona tarzda aldaydilar. Ular yolg‘on hikoyalari bilan hatto, atrofdagilarni yig‘latishga ham qodir. Ular bu yolg‘on hikoyalarini yodda saqlay oladilar va shuning uchun ham, qovun tushirib qo‘ymaydilar. Biroq, kibrli Arslonlar o‘z foydasi uchun yolg‘on gapirishni ep bilmaydilar.
PARIZOD
Parizodlar esa, aslida, yolg‘onni eplay olmasa-da, ba’zida aldab turishadi. Ular yolg‘on gapirayotganda tutilib, qizarib, o‘zlarini fosh qilib qo‘yadilar. Odatda, Parizod-erkaklar yolg‘on gapirishga moyilroq bo‘ladi. Ular hatto, yolg‘onga ehtiyoj bo‘lmasa-da, aldab turadilar. Parizod-ayollar esa, yolg‘onchilikni o‘ta pastkashlik deb biladilar.
TAROZI
Tarozilar o‘zlarini o‘zlari aldashga moyilroq bo‘ladi. Ular o‘zlarini «hammasi joyida, hammasi yaxshi bo‘ladi», deb ishontira oladilar. Lekin yolg‘onning bu ko‘rinishi Tarozilar uchun turgan-bitgani zarardir. Biror ishni bitirish uchun esa, ular ayyorlik va makrni ishga soladilar. Bu diplomat-Tarozi va advokat-Tarozilarga juda qo‘l keladi.
ChAYoN
Chayonlar atrofdagilarni boshqarib turish uchun yolg‘on qo‘llab turadilar. Ularning yolg‘onini isbotlashning deyarli iloji yo‘q. Chunki, Chayonlarning fantaziya va dunyoqarashi keng. Ular o‘zingizni ham bemalol yolg‘onchiga chiqarib qo‘ya oladilar. Ularning yolg‘oniga laqqa tushasiz.
O‘QOTAR
O‘qotarlar bo‘lar-bo‘lmasga yolg‘on gapiraveradilar. Buning ustiga, ularning yolg‘onlari ko‘pincha zerikarli bo‘ladi. Ular yolg‘onni joyida to‘qiydilar, hatto, adashib ketsalar-da, buning chin ekanligini ta’kidlab turaveradilar. Ular haqiqatdan ancha uzoq aldovlar, ya’ni, lof urishni yaxshi ko‘radilar. Keyinchalik, gaplaridan tonishlari ham mumkin.
TOG‘ EChKISI
Tog‘ echkilari ro‘yxatda oldinga chiqib olish uchun yolg‘on qo‘llashga tayyor bo‘ladilar. Chunki, ularda manmanlik va shuhratparastlik bor. Erkak Tog‘ echkilari esa, ayolni avrash uchun yolg‘onni «suv qilib ichib yuboradilar». Ularning yolg‘onini aniqlash oson, chunki aldayotganida, qizishib ketadilar.
QOVG‘A
Qovg‘alar sirlilikni xush ko‘radi. Shuning uchun ular ko‘pincha haqiqatni oxirigacha fosh qilishni istashmaydi. Ular o‘zlaridan boshqa hech kimga ishonmaydilar ham, shu bois ham, boshqalarga o‘zlarining barcha kamchilik va afzalliklarini ochiq-oydin aytib o‘tirmaydilar. Faqat o‘zini tinch qo‘yishlari uchungina yolg‘on ishlatishi mumkin. Agar hamkasbingiz Qovg‘a bo‘lsa, u ishga kelmaslik uchun osongina «betob» bo‘lib qolishi mumkin.
BALIQ
Baliqlarning yolg‘onchiligini ularning xayolparastliklari bilan oqlash mumkin. Gohida ular xayolini real voqelikdan ajrata olmay qoladilar. Baliq-erkaklar esa, tug‘ma ertakchidir. Ular shunchaki «lag‘mon osish»ni yoqtiradilar. Chunki, boshqalarning diqqatini birozgina torta olish ham ularga huzur bag‘ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi