Munajjimlar yulduzlarga qarab ko‘pincha insonlarning yaxshi tomonlari, ularning ijobiy sifatlarini ta’riflashadi. Keling, bugun burjlarga xos bo‘lgan salbiy jihatlarni ko‘rib o‘tamiz.
QO‘Ylar jangari va serjahl bo‘lishadi. U bolaligida fazogir yoki askar bo‘lishni orzu qilgani bois ham duch kelgan bilan janjallashib ketavergan. Oilaviy hayotda uni pullardan uzoqda saqlash kerak, chunki uning pulga suyagi yo‘q. Borini o‘sha zahotiyoq ishlatib yuboradi. U juda zerikarli bo‘lib, soatlab o‘zi haqida gapirishi mumkin.
BUZOQ maydakash, ezmadir. U boshliqlar gapini hech qachon ikki qilmaydi. U boylikni juda yaxshi ko‘rib, pulni yig‘adi, qizg‘anchiq. U oxirgi ko‘ylakni ham echadi, yo‘q, o‘zidan emas, o‘z yaqinlaridan. Garchi ko‘rinishidan mehribonga o‘xshab ko‘rinsa-da, bolaligidan to qariguncha oila a’zolarini o‘z yo‘rig‘iga yurg‘azishga intiladi. U o‘zidan boshqa hech kimga ishonmaydi.
EGIZAKlar mangu bolakaydirlar. Ular katta bo‘lishni umuman xohlashmaydi. U kam o‘qiydi, lekin hamma narsa haqida o‘z fikriga egadir. To‘g‘ri, bu fikr haftasiga o‘n martalab o‘zgarishi ham mumkin. U na jismonan, na aqliy zo‘riqishni istamaydi. U mehmon kutishni yaxshi ko‘radi, ularni choy va konfetlar bilan, lekin ko‘pincha o‘z ezmaligi bilan mehmon qiladi.
QISQIChBAQAlar odatda, omadsiz bo‘lishadi. U bir fikrda turadigan, o‘z-o‘zini tomosha qiladigan burj vakilidir. Hech kim uni o‘z fikridan qaytarolmaydi. Qo‘rqayotgan qisqichbaqa birinchi bo‘lib hujumga o‘tishi mumkin. Biroq odatda, u xavfni sezishi bilan o‘zi sevadigan qo‘rg‘oni, uyiga juftakni rostlab qoladi. U kuchli va qo‘rqmas bo‘lib ko‘rinishni yaxshi ko‘radi. Aslida esa hamma narsadan qo‘rqib, yolg‘izlik va tinchlikni yoqtiradi.
ARSLONlar juda yalqov bo‘lishadi. Bolaligida ota-onasidan pul undirishga usta bo‘lishsa, ulg‘aygach do‘stlari va tanishlaridan foydalanishadi. Uning o‘ta mag‘rurligi va o‘z-o‘zini sevishi har qanday inson hayotini zaharlashga, shohona buyumlarga ishqibozligi esa istagan hamyonni bo‘shatishga qodir. U butun dunyo faqat uning atrofida aylanishini istaydi, shu bois ham hamma erda birinchi bo‘lishga intiladi. Agar shunday bo‘lmasa, u tushkunlikka tushib qolishi mumkin.
PARIZODlar odatda, maydakash, ezma bo‘lishadi. Bir narsaga yopishib olsa, tamom, gapiraverib, har qanday odamning qonini qaynatib yubora oladi. U hech qachon tavakkal ish qilmaydi, o‘zi va yaqinlarining har bir harakati uchun, ular buni istashmasa-da, to‘liq, zerikarli reja tuzib chiqadi. U har bir ishni hisob-kitob bilan qiladi, u bajaradigan ish esa og‘ir va zerikarlidir. Bundan tashqari, u dushmanlariga ham shafqatsiz.
TAROZI. Bu burj ostida tug‘ilish uchun haqiqiy omadsiz bo‘lish kerak. Ularning ikkala qo‘li ham chapdir. Ular hazilni umuman tushunishmaydi. Muhabbat, pul, ish, uyda… hech qayerda omadlari kulmaydi. Bu burj vakillari qaror qabul qilisha olishmaydi. Garchi san’atni tushunishmasa-da, lekin o‘zlarini xuddi san’atshunosdek tutishni yoqtirishadi. Ko‘pincha odamlarni yig‘latadigan memuarlar yozishadi.
ChAYoNlar hatto uzoqdan turib ham xavfli bo‘lishadi. Xiyonat qilishadi, aldashadi. O‘z maqsadiga erishish uchun hech nimadan toyishmaydi. Avval o‘zi haqida yaxshi taassurot qoldirib, keyin panadan turib zarba berishga ustadirlar. Karera qilishda birovni o‘ylashmaydi. Agar u siz bilan do‘stliklarini qadrlashi haqida gapirib qolsa, bilingki, bir soat oldin u siz haqingizda boshliqqa shipshib chiqqan.
O‘QOTARlar doim xursand yurishadi, hatto tomdan to‘ppa-to‘g‘ri boshlariga tushib ketgan g‘isht ham ularni xafa qilolmaydi. U bilan besh daqiqa gaplashib, uni o‘ldirib qo‘ygingiz keladi. U bolaligidan hammani o‘z ahmoqona g‘oyalari bilan bezor qilib yuboradi. U ko‘p aldab, o‘ylab topishni yoqtiradi.
TOG‘ EChKISI zolim, sovuqqon, xuddi muz qoya kabi hissizdir. Uydayam, ishdayam u boshqalar ustidan hokimlik qilishga intiladi. Jufti haloliga ruhiy bosim o‘tkazishni qoyillatadi. U faqatgina jismoniy kuch yoki ruhiy bosim oldida ortga chekinishi mumkin. Xayolparastlik unga xos emas, lekin kibrli, hech kim va hech nimani kechirmaydi. Doim boshliq bo‘lishga harakat qiladi.
QOVG‘Alar real hayotdan butkul uzilgan xayolparast bo‘lishadi. U olgan pullarini hech qachon qaytarmaydi, chunki olishi bilan ishlatib yuborib, yodidan chiqaradi. Va’dalariga amal qilmaydi, ishlashni yoqtirmaydi. Orqadan boshqalar ustiga mag‘zava ag‘darishga ham usta. U yiqqan bor pulini qayoqdagi bo‘lmag‘ur biron g‘oyasi uchun ishlatib yuborishi ham mumkin… bunday g‘oyalar esa unda to‘lib yotibdi.
BALIQlar yolg‘onsiz yashay olishmaydi. Shu qadar ko‘p aldashadiki, oxir-oqibat rost qayerda-yu, yolg‘on qayerda ekanini o‘zlariyam ajratolmay qolishadi. Garchi bundan ularga biron foyda bo‘lmasa-da, bitta yolg‘onni yopish uchun ikkinchisini o‘ylab topaverishadi. O‘zgalar sirini bilib olishni yoqtirib, keyin bu sirni boshqalar bilan ham bo‘lishishadi. Baliqlar ishlashni xohlashmaydi, umuman olganda, qo‘llaridan biron ish kelmaydi ham. Agar ularni biron ish qilishga majburlashsalar, baribir qo‘ldan chiqib, juftakni rostlab qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Respublikada bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarning ro‘yxati shakllantiriladi