
Har bir inson hayotining qaysidir davrida shunday lahzalarni boshidan o‘tkazadi: hayotga bo‘lgan qiziqish pasayadi, atrofdagi voqealar, odamlar va hatto quyoshning chiqishi ham unga qiziq tuyulmay qo‘yadi. Bunday holatda ko‘pchilik tashvishga tushib, o‘zida nimadir noto‘g‘ri ketayotganini his qilishi tabiiy hol. Agar siz ham shunday vaziyatda bo‘lsangiz, to‘xtang va nafas oling!
Eng birinchi navbatda sizga tashqi ta’sir va axborot oqimidan biroz dam olish kerak. Telefon, internet, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ma’lumot manbalarini vaqtincha to‘xtating. Telefonni o‘chiring, qo‘lingizga qalam va daftar oling-da, atrofdan uzoqda bo‘lgan tinch tabiat qo‘yniga yo‘l oling.
O‘zingizning ichki olamingiz bilan qaytadan uchrashish va o‘zingizni tinglash bugungi kunning eng muhim hashamatidir. Hayotning tez sur’atida ko‘pchilik buni unutadi, o‘zini eshitmay qo‘yadi. Shuning uchun kamida o‘n kun yoki imkon bo‘lsa, yigirma kun yoki bir oy davomida atrofdagi tabiat, suv, olov bilan yolg‘iz qoling.
Shunda qalbingizga murojaat qiling va o‘zingizga juda oddiy, ammo javoblari hayotingizni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin bo‘lgan uchta savolni bering:
• Men kimman va mening haqiqiy maqsadim nima?
• Bu dunyo qanday qurilgan va hayotning mazmuni nimada?
• Bu hayotda mening haqiqiy o‘rnim qayerda va mening rolim qanday?
Shu savollarga samimiylik bilan, qalbingizdan chiqib javob izlang. Shoshilmang, javoblar sizning ichingizda, qalbingiz va ongingizda yashiringan. Agar siz bu savollarga javob topmasangiz, suvda oqib ketayotgan cho‘p kabi bo‘lib qolasiz. Sizni boshqalar o‘z manfaatlari uchun kerakli tomonga tashlayveradi, yo‘naltiraveradi.
O‘zingizni toping va hayotingizdagi o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan boshlanadi. Hayotingiz yana mazmun bilan to‘ladi, har bir lahza qiziqarli, har bir kun qimmatli bo‘lib qoladi.
Esingizda bo‘lsin, bu dunyoda o‘zini topgan odam eng baxtli insonlardan biri hisoblanadi. Qalbingizga quloq soling va yana bir marta hayotni chuqur anglab yashashga urinib ko‘ring! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar