
Har bir ayol yoshligini va go‘zalligini saqlab qolishni orzu qiladi. Lekin hayotimizdagi ayrim kundalik odatlar biz sezmagan holda yosh ko‘rinishni barvaqt yo‘qotishimizga sababchi bo‘ladi. Faqat teriga parvarish yoki sog‘lom taomlar emas, balki fikrlash tarzi, harakatlar va hatto kechayu kunduzdagi oddiy ko‘nikmalar ham qarish jarayonini jadallashtirishi mumkin. Keling, endi yosh va tetik qolish uchun qaysi zararli odatlardan voz kechishimiz zarurligini ko‘rib chiqamiz.
1. Naychada ichimlik iste’mol qilish — ajinlarga sabab
Ko‘pchilik salqinlikdan yoki qulaylikdan kelib chiqqan holda ichimliklarni trubochka yordamida iste’mol qilishni yoqtiradi. Aslida esa bu — lablar atrofida yerta ajinlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Amerikalik shifokor Jozef Kruz ta’kidlaganidek, naychadan uzoq muddat foydalanishda yuzaga keladigan takroriy harakatlar og‘iz atrofi mimikasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, ichimliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri stakandan ichgan afzal.
2. Tana holatini e’tiborsiz qoldirish — tashqi qiyofaga ta’siri
Ayollar ko‘pincha yo‘q yo‘g‘iga qisqa vaqtga bo‘lsa ham, to‘g‘ri o‘tirish yoki turishga ahamiyat bermaydi. Bosh egib yurish, tanani oldinga burish, qo‘llarni yopib olish kabi holatlar eng avvalo tashqi ko‘rinishga salbiy ta’sir qiladi. Odam o‘zini ishonchli tutishi va erkin harakatlanishi orqali na faqat o‘zini, balki atrofdagilarni ham ilhomlantiradi. Faollik va to‘g‘ri tana tili energiya va yoshlikning asosiy belgisi sanaladi.
3. Ekran nuri — uyquni buzuvchi katta omil
Zamonaviy ayollarning aksariyati tunda yoki kechqurun telefon yoki noutbukda uzoq vaqt vaqt o‘tkazadi. Ekrandan taraladigan yorug‘lik esa uyqu gormoni — melatonin ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa uyqusizlik, charchoq va erta qarishga olib keladi. Yaxshi uyqu va tinchlanish uchun gadjetlarni uxlashdan kamida bir soat oldin chetga qo‘ying. Bu nafaqat terining sog‘lom va yosh ko‘rinishiga, balki kayfiyatingizning ko‘tarilishga ham yordam beradi.
4. Noqulay harakatlar — sizni kattaroq yoshda ko‘rsatadi
Sog‘lom va chiroyli ko‘rinish uchun fitnes klubga borish shart emas. Oddiy sayr, ertalabgi yengil mashqlar va ko‘cha bo‘ylab tez yurish — buning o‘ziyoq tetiklik hissini oshiradi. Agar harakatlaringiz sust, qiyin va og‘ir bo‘lsa, inson o‘zini yoshiga nisbatan katta yoshda ko‘rsatadi. Faollik va yengil harakat — hayotingizga yoshlik va yangi energiya baxshida etadi.
5. Quyoshdan himoyalovchi SPF krem — har kuni zarur
Quyosh nurlarining teriga zarari haqida barcha bilishadi. Lekin ko‘pchilik ayollar SPF kremlarini faqat issiq kunlarda yoki plyajda qo‘llash kerak, deb o‘ylaydi. Doktor Jeykob Steyger ta’kidlaganidek, hatto bulutli kunlarda ham quyosh nurlari teriga ta’sir qiladi. Shu sabab, har kuni ertalab krem yoki makiyajdan oldin SPF 30 yoki undan yuqori bo‘lgan himoyachi krem surtishni odat qiling.
6. Arzon yostiq qoplamlari — terining do‘sti emas
Har bir ayol har kecha 7-8 soat yostiq ustida uxlaydi. Agar yostiq qoplamlari sifati past bo‘lsa, yuz terida burmalar va ajinlar tez paydo bo‘ladi. Sifatli ipak yoki mikrofibra matodan foydalanish yuz terisining shikastlanishining oldini oladi, chunki bu moddalar terini yumshoq ushlab turadi.
7. Yetarlicha suv ichish — terining asosiy qoidalaridan biri
Tanada suv yetishmasligi teri tuzilishi va salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mineral suvni muntazam iste’mol qilish teridagi yorqinlik va sog‘lom ko‘rinish uchun muhim. Suv nafaqat namlik balansi, balki terining elastikligini saqlab turadi.
8. “Texno-bo‘yin” — zamonaviy davrning yangi kasalligi
Bugungi kunda boshini qiyshaytib telefon yoki noutbukka tikilib o‘tiradiganlar soni kundan-kunga ortmoqda. Bu holat bo‘yin va orqada og‘riqlarni, suyaklarda muammolarni keltirib chiqaradi. Boshni to‘g‘ri tutish, kompyuter oldida uzoq o‘tirmaslik va cho‘zilish mashqlarini bajarish muammolarning oldini oladi.
Qisqasi, yosh va chiroyli qolish faqat kosmetika yoki to‘g‘ri ovqatlanishga bog‘liq emas. Odatlarimizni o‘zgartirish, to‘g‘ri tana tili, uyquga e’tibor, faol hayot tarzi va to‘g‘ri parvarish sizga yoshlik va energiya baxshida etadi. Maqsadga intiluvchi har bir ayol ushbu oddiy maslahatlar orqali uzoq yillar yosh va ajoyib ko‘rinishda qolishi mumkin! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar