date

Qanday nonni tanlash kerak?

Qanday nonni tanlash kerak?
Nonga to‘g‘ri tanlov qilish – sog‘liq garovi

Bugun do‘konlarda non tanlovi juda keng: sourdough (sardougi), butun donli yoki oddiy oq non. Ammo ularning har biri salomatligimizga har xil ta’sir qiladi.

Ko‘pchilik pandemiya davrida sourdough nonga qiziqib qoldi – unda faqat un, suv, tuz va “starter” deb ataladigan tabiiy achitqi bo‘ladi. Tayyorlash uzoq davom etsa-da, bu jarayon nonga xos ta’m va foyda beradi. U sekin fermentatsiya tufayli oqsil va uglevodlarni parchalab, hazm qilishni osonlashtiradi, qonda qand miqdorini bir me’yorda ushlab turadi va foydali ichak bakteriyalarini oziqlantiradi.

Aksincha, supermarketdagi oq nonlar ko‘pincha “Chorleywood” usulida ishlab chiqariladi. Bu jarayon sanoat darajasida tez va arzon bo‘lishi uchun mo‘ljallangan. Ammo buning uchun ko‘plab qo‘shimchalar – emulsifikatorlar, konservantlar, hatto ayrim hollarda salomatlikka zararli moddalardan foydalaniladi. Bunday nonlar ultraprotsesslangan oziq-ovqatlar (UPF) turkumiga kiradi. Statistikaga ko‘ra, o‘rtacha dietamizning yarmi aynan shunday mahsulotlardan iborat.

Yaxshi alternativlardan yana biri – butun donli non. Unda bug‘doyning barcha qismi (bran, endosperm va germ) saqlanadi. Bu nonlar tolaga, vitaminlarga va polifenollarga boy bo‘lib, yurak salomatligini yaxshilaydi, qondagi shakarni boshqaradi va ochlik hissini kamaytiradi.

Yaqinda olimlar oq non ko‘rinishidagi sog‘lom non ustida ishlamoqda – unda no‘xat, don, loviya, quinoa va boshqa foydali ingredientlar bo‘ladi. Bu nonlar tez orada bozorlarga chiqishi kutilmoqda.

Xulosa:
Sog‘lom non – bu faqat ta’m emas, balki tanlov. Agar imkoningiz bo‘lsa, sourdough yoki butun donli non tanlang. Supemarketta non olsangiz, tarkibiga qarang va tanish bo‘lmagan kimyoviy moddalar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘ring. Har bir non bo‘lagi – sog‘lom turmush sari tashlangan qadam.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Qanday nonni tanlash kerak?