Hindistonda deputat qizining dabdabali to‘yi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Dunyo2 daqiqa o'qish5
Hindistonda deputat qizining dabdabali to‘yi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi

Hindistonning Bihar shtatida mahalliy deputat Anant Singhning qizi Shivangi Singhning dabdabali to‘yi mamlakatda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir necha kun davom etgan tantanalarga yuz minglab odamlar tashrif buyurgan, to‘y uchun yuzlab oshpazlar jalb etilib, mehmonlarga 150 dan ortiq turdagi taom tortilgan. Bu haqda BBC xabar berdi.

To‘y marosimi chorshanba kuni Patna shahridan qariyb 65 kilometr uzoqlikdagi Nadava qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi. Unda shtat parlamenti spikeri, mahalliy va milliy darajadagi siyosatchilar hamda boshqa ko‘plab mehmonlar qatnashdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, marosimga taxminan 500 ming kishi kelgan. Mehmonlarni qabul qilish uchun qishloqda oltita vertolyot qo‘nish maydonchasi ham tayyorlangan.

To‘y dasturidagi asosiy tomoshalardan biri 52 ta ot ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan poyga bo‘lgan. Biroq tomoshabinlar haddan tashqari ko‘payib ketgani sababli musobaqa qoldirilgan. Anant Singh poyga g‘olibiga qimmatbaho avtomobil, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblariga esa mototsikl hamda skuter berilishini e’lon qilgan.

Qora ko‘zoynakli va mo‘ylovli kishi qo‘lini ko‘tarib, mikrofonlar oldida jilmaymoqda.

Kelin Shivangi Dehli universiteti bitiruvchisi bo‘lib, marosimga Land Cruiser avtomobilida kelgan. Uning turmush o‘rtog‘i Rishikesh Kumar esa AQSHdagi Georgia State universitetida MBA darajasini olgan. Kuyov 151 ta avtomobildan iborat kortej bilan yetib kelgan. OAV xabarlariga ko‘ra, unga kelin tomoni 23 million rupiylik avtomobil, shuningdek, oltin va kumush buyumlar sovg‘a qilgan.

To‘yga bo‘lgan qiziqish nafaqat uning dabdabasi, balki kelinning otasi Anant Singhning shov-shuvli siyosiy faoliyati bilan ham bog‘liq. U Bihar shtati parlamentiga Mokama okrugidan besh marta saylangan va mahalliy siyosatda katta ta’sirga ega shaxslardan biri sifatida tanilgan.

Singh saylov komissiyasiga taqdim etgan deklaratsiyasida rafiqasi bilan birgalikdagi mol-mulki 1 milliard rupiyga tengligini ko‘rsatgan.

To‘y libosidagi bir guruh odamlar xonada suratga tushmoqda.

Siyosatchi 2022 yilda uyidan noqonuniy qurol-yarog‘, jumladan, AK-47 avtomati topilgan ish bo‘yicha 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik u sud qarori ustidan shikoyat qilgan va garov evaziga ozodlikda qolgan. 2025 yilgi saylovda yana g‘alaba qozonib, parlamentga qaytgan.

Bundan tashqari, Anant Singh o‘tgan yilgi saylov davrida sodir etilgan qotillik ishi bo‘yicha ham asosiy gumondor sifatida tilga olingan. Hindiston Oliy sudi unga 1 dekabrgacha taslim bo‘lish haqida ko‘rsatma bergan.

Bihar Hindistonning eng kambag‘al shtatlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, aholining katta qismi qashshoqlik sharoitida yashayotgan hududda o‘tkazilgan dabdabali to‘y jamoatchilik e’tiborini tortdi. Siyosatchining raqibi Niraj Kumar esa marosim xarajatlari qaysi mablag‘lar hisobidan qoplanganini tegishli idoralar tekshirishi kerakligini bildirgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?