
Kunni qanday boshlasangiz, shunga yarasha kechadi. Bu nafaqat naql, balki ilmiy asosga ega haqiqat. Britaniyalik va amerikalik tadqiqotchilar o‘tkazgan kuzatuv natijalari shundan dalolat beradiki, ertalab muntazam nonushta qiladigan odamlar o‘zini psixoemotsional jihatdan ancha barqaror va xotirjam his qilishadi.
Eng qizig‘i, nonushta qilmaslik ko‘pincha tushkunlik, xavotir va umumiy ruhiy pasayish bilan bog‘liq ekan. Olimlar buni tushuntirar ekan, ovqatlanish jarayoni tananing biologik ritmlarini tartibga solishga yordam berishini, shu orqali stress gormonlari darajasini pasaytirishini aytishmoqda.
Nonushta nafaqat organizmga zarur energiyani beradi, balki miya faoliyati va kayfiyatni ham oshiradi. Shunga ko‘ra, ertalab oz bo‘lsa ham tanovul qilish — kunni yuqori kayfiyat va faol ruh bilan boshlashning eng samarali usuli hisoblanadi.
E’tibor bering, sizning oddiy “shoshilinch” qilib ketgan nonushtangiz, aslida kun davomidagi emotsional holatingizga asos solayotgan bo‘lishi mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz: har kuni nonushta qilishni odatga aylantirganmisiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar