14:13 / 10.12.2016
9 932

Kasb tanlashda adashmadingizmi?

Kasb tanlashda adashmadingizmi?

Uzoq vaqt bir joyda ishlay olmaslikka hamisha ham dangasalik sabab bo‘lmaydi. Gohida tanlagan sohamizda shunchaki o‘zimizni topolmaymiz. «Boshqa ish topaman», deyishdan avval hozirgi kasbingiz sizga to‘g‘ri keladimi, shu haqda o‘ylab ko‘ring. Bu borada sizga quyidagi test yordam bersa, ajabmas.


AVVAL HISOB-KITOB!

Testdan foydalanishda tug‘ilgan kun sanasi va yil raqamlarini qo‘shish lozim. Masalan, siz 25.12.1983 yilda tavallud topgansiz. Іisobni quyidagi ketma-ketlikda bajarasiz:

25.12.1983=(2+5)+(1+2)+(1+9+8+3)=7+3+3=13=1+3=4

Demak, javob — 4. Bu sizning shaxsiy raqamingiz. Ana endi 4 soniga mos ta’rifga qarang.


1

Mos keladi: tashkilotchilik, etakchilik hamda mas’uliyat talab etadigan faoliyat turlari.

Kasb tanlovi: menejer, shifokor, moliyaviy ishlar bo‘yicha rahbar, shuningdek, zargarlik bilan ham shug‘ullanishingiz mumkin.

Maslahat:
karera qilishni istasangiz, maqsad sari olg‘a borishni o‘rganing.


2

Mos keladi
: odamlar bilan muloqot qilish, ko‘maklashish, ijtimoiy soha yo‘nalishlari.

Kasb tanlovi: shifokor, ijodkor, faylasuf, fermer, aktyor yoki sayyohatchi.

Maslahat: tasavvuringizni boyitsangiz, g‘oyalaringizni oson amalga oshira olasiz.


3

Mos keladi: mustaqil fikrlash, diqqat-e’tibor talab qiladigan soha yo‘nalishlari.

Kasb tanlovi: menejer, harbiy, jarroh, tadbirkor, jurnalist hamda huquqshunos.

Maslahat: «Bu ishni eplolmayman» deguncha, yanada qat’iyatli bo‘lishga harakat qiling.


4

Mos keladi: ishlab chiqarish bilan bog‘liq mutaxassisliklar, masalan, texnika, ilm-fan kabilar ayni siz uchun.

Kasb tanlovi: o‘qituvchi, jurnalist, bank xodimi, tadbirkor, quruvchi kabi sohalarda o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Maslahat: gohida «Balki yanglishayotgandirman», deb ikkilanasiz. Yaxshisi, fikrlaringizni tartibga solishni o‘rganing.


5

Mos keladi: xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, jamoa bilan ishlash, notiqlik san’atini talab etuvchi kasblar. Yangilik qilishga bo‘lgan ishtiyoq rahbarlik lavozimigacha etaklashi mumkin.

Kasb tanlovi: huquqshunos, moliyachi, ruhshunos, yozuvchi, tarjimon, o‘qituvchi hamda tadbirkorlik.

Maslahat:
imkoniyatlaringiz bisyor. Faqat ularni to‘g‘ri yo‘naltirish lozim.


6

Mos keladi:
ijod yo‘nalishi bilan bog‘liq kasblar, odamlar bilan muloqot qilish, bilim olish, izlanish kabilar. Qolaversa, tashkilotchilikka ham ustasiz.

Kasb tanlovi: diplomat, advokat, shifokor, rassom, dizayner kabi soha yo‘nalishlariga nima deysiz?!

Maslahat: kasb tanlashda istaklarni ham inobatga olgan ma’qul.


7

Mos keladi: mas’uliyat, diqqat-e’tibor, mustahkam iroda hamda tinimsiz mehnat talab qiladigan sohalar mos tushadi.

Kasb tanlovi: sizdan malakali huquqshunos, tajribali fermer, shifokor yoki tadbirkor chiqishi mumkin.

Maslahat:
qaror qabul qilishda ikkilanmang. Gohida tavakkal harakatlar ijobiy natija keltiradi.


8

Mos keladi: ijod, izlanish va yaratuvchanlik bilan bog‘liq sohalar. Jiddiylikdan tez zerikasiz.

Kasb tanlovi:
ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha olim, kashfiyotchi, shifokor, yozuvchi yoki tarixchi bo‘lishingiz mumkin.

Maslahat: ko‘p mehnatni talab qilsa-da, tanlangan kasb yo‘nalishlari o‘zligingizni anglashda asqotadi.


9

Mos keladi: odamlar bilan muloqot qilish, fikr almashish va voqea-hodisalarga munosabat bildirish hamda aniqlik.

Kasb tanlovi: farmasevt olim, harbiy, musiqachi, aktyorlik kabilar siz uchundir.

Maslahat: o‘z «men»ingizni tan olishdan cho‘chimang. Іayotingizga yangilik kiritish va boshqa sohalarda tajriba qilish malakangizni oshiradi.


NATIJA 10 BO‘LSA-ChI?

Bunda quyidagicha hisob-kitob qilasiz: 10=1+0=1 Demak, natijangiz 1 raqami.

MARJONA tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kasb tanlashda adashmadingizmi?