date

Ayollar orasida yolg‘iz uy xarid qilish ommalashmoqda

Ayollar orasida yolg‘iz uy xarid qilish ommalashmoqda

Buyuk Britaniyada o‘z uyiga ega bo‘lmagan ming nafar ayol ishtirokida o‘tkazilgan so‘rov natijalari shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy ayollar tobora ko‘proq mustaqil ravishda ko‘chmas mulk sotib olishga intilmoqda. Peopletalk nashri yozishicha, respondentlarning 37 foizi sheriksiz uy yoki kvartira xarid qilish rejasiga ega.

Shu bilan birga, ayollarning 35 foizi kelajakdagi turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda uy sotib olish niyatida ekanini bildirgan. Tadqiqotda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ko‘plab ayollar o‘z nomiga ipoteka olish uchun mustaqil ravishda ariza topshirmoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi uy-joy xarid qilishga asosiy sabab sifatida mustaqillik va xavfsizlik hissini ko‘rsatgan. Ayollarning 41 foizi esa uy turini va xonalar joylashuvini shaxsiy xohishiga ko‘ra tanlash imkoniyatini muhim deb hisoblaydi. Yana 36 foiz ayol uchun esa ko‘chmas mulkka sarmoya kiritish eng foydali investitsiya sifatida baholangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Ayollar orasida yolg‘iz uy xarid qilish ommalashmoqda