date

Tadqiqot: Qaysi erkaklar ko‘proq xiyonat qiladi?

Tadqiqot: Qaysi erkaklar ko‘proq xiyonat qiladi?

Yaqinda chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ba’zi toifadagi erkaklar o‘z turmush o‘rtoqlariga sodiq qolish ehtimoli ancha past ekan. Bu haqda Peopletalk xabar berdi.

Oilani o‘rganish instituti tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, rahbarlik lavozimini egallaganlar — masalan, direktorlar, jarrohlar va shifokorlar, shuningdek, ishsiz erkaklar ko‘proq hollarda xiyonat qiladi.

Tadqiqot muallifi Vendi Vang umumiy ijtimoiy so‘rov ma’lumotlarini tahlil qilib, rahbarlikdagi erkaklarning kamida 18 foizi turmush o‘rtoqlarini aldaganini aniqladi.

Shu bilan birga, 25 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan ishsiz erkaklar ham nikohdan tashqari munosabatlarga ko‘proq moyilligi ma’lum bo‘ldi. Ulardan qariyb har beshinchisi turmush o‘rtog‘iga xiyonat qilgan.

Mutaxassislar fikricha, ishsiz yoki moddiy jihatdan xotiniga qaram bo‘lgan erkaklar o‘zini noqobil va ishonchsiz his qiladi. Bu holat ularni boshqa yerdan qoniqish izlashga undaydi. Shu bois ular “aldamchilar qatori”ga ko‘proq tushib qolishadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Tadqiqot: Qaysi erkaklar ko‘proq xiyonat qiladi?