O‘zbekistonda uy va chorva hayvonlarini ro‘yxatga olish majburiy etib belgilandi

O‘zbekistonda qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, ot, tuya, it va mushuklarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish hamda kuzatish tartibi joriy etildi. Yangi tizim orqali hayvonlar haqidagi ma’lumotlar yagona elektron bazada jamlanadi.
Bu tartib 2025 yil 6 avgustda qabul qilingan “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida”gi O‘RQ–1079-sonli qonun bilan belgilangan. Hujjat 2026 yil 7 avgustdan kuchga kirgan.
Qonunga ko‘ra, har bir hayvonga boshqa jonivorlarda takrorlanmaydigan maxsus identifikatsiya raqami beriladi. Bunda vizual birka, elektron mikrochip yoki mikrochipli birkalardan foydalaniladi.
Elektron bazaga hayvonning yoshi, jinsi, rangi, zoti, egasi va identifikatsiya raqami haqidagi ma’lumotlar kiritiladi. Shuningdek, uning tug‘ilishi, kelib chiqishi, harakati, kasalliklari, davolanishi va veterinariya holati bilan bog‘liq ma’lumotlar ham qayd etib boriladi.
Hayvonlarni identifikatsiya qilish muddatlari:
Qoramol, qo‘y, echki va tuyalar — tug‘ilganidan 14 kun o‘tgach;
Cho‘chqalar — tug‘ilganidan 1 oy o‘tgach;
Otlar — tug‘ilganidan 4 oy o‘tgach;
It va mushuklar — tug‘ilganidan 3 oy o‘tgach.
Belgilangan yosh muddati tugaganidan keyin hayvonlar bir oydan kechiktirmay identifikatsiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi lozim. O‘zbekistonga saqlash yoki ko‘paytirish maqsadida olib kirilgan hayvonlar esa mamlakatga kirgan kundan boshlab 21 kun ichida identifikatsiya qilinishi kerak.
Qonun hayvonlarning butun hayot davri davomida ularni hisobga olish, harakatini kuzatish, veterinariya nazoratini kuchaytirish hamda yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan.
Hujjat talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin. 1 yanvardan pasportsiz hayvon egalari jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqaldi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…