Mandarin haqida ma’lumotlar bilan tanishing.
- Yangi yil arafasida barchaga sevimli meva – mandarinlar dasturxonimizdan joy oladi. Xitoyda ushbu sitrus mevani tortiq qilish urfga kirgan bo‘lib, aytishlaricha bunday sovg‘a baxt va to‘kinlik olib kelar ekan. Mandarin so‘zi esa “oltin” degan ma’noni anglatadi.
- Mandarinlarni bozor rastaralaridan xarid qilishdan avval ularning nomi va navi bilan qiziqing. Sababi ba’zi turdagi mardarinlarni saqlash muddati 1 oydan oshsa, boshqalariniki bundan ham kam. “Klementin” deya nomlanadigan mandarin navi boshqalariga nisbatan eng uzoq vaqt buzilmasdan turadi. Xarid qilganda vazniga e’tibor bering. Sifatli mandarinlar vazni og‘ir bo‘ladi. Katta, po‘stlog‘i qattiq mandarinlar suvli va shirin bo‘ladi.
- Mandarinni kuchli allergen mevalar qatoriga qo‘shadiganlar qattiq yanglishishadi. Sababi tuxum, baliq, ikra, eryong‘oq, krevetklar bu borada yanayam xavfliroqdir.
- Mandarinlar 3 yoshgacha bo‘lgan go‘daklarga tavsiya qilinmaydi. Xuddi shunday homiladorlik paytida ham bu mevani iste’mol qilmagan ma’qul, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi oylarida.
- Dietologlarning fikricha, bu meva dunyodagi eng past kaloriyali mevalar turiga kiradi. 100 gr. yumshoq eti 42 kkal.ga ega. Bu esa bir dona bodring iste’mol qilganga teng.
- Ortiqcha vazndan xalos bo‘lmoqchimisiz? Marhamat, mandarin iste’mol qiling. Uning tarkibidagi vitaminlar moddalar almashinuvini yaxshilab, ortiqcha yog‘larni parchalaydi, yurakni mustahkamlaydi.
- Mardarinlar oshqozon faoliyatini yaxshilovchi pektinlarga ham boydir. Kuniga iste’mol qilingan 2-3 dona mandarin immunitetni mustahamlab, shamollashning oldini oladi.
- Bu sitrus meva tarkibida suyak va tishlarni mustahkamlovchi kalsiy hamda fosfor, asabni tinchlantiruvchi magniy, yurak va buyrakni mustahkamlovchi kaliy mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi