19:00 / 22.12.2016
7 356

Telefoningizning rusumiga qarab fe’lingizdagi ba’zi xususiyatlarni aniqlang

Telefoningizning rusumiga qarab fe’lingizdagi ba’zi xususiyatlarni aniqlang

Hozirda ko‘pchilik qo‘l telefonni imidjiga qarab tanlayotgani sir emas. Gap uning qimmat yo arzonligida emas, albatta. Mutaxassislarning fikricha gap uning rusumida. Xo‘sh, sizning telefoningiz qaysi firmaniki. Telefoningizning rusumiga qarab fe’lingizdagi ba’zi xususiyatlarni bilish mumkin ekan.

iPhone
. Sizni tavakkal ishlarga qo‘l uruvchi va biroz o‘yinqaroq deyishadi atrofdagilar. Bu e’tirof sizga unchalik ma’qul bo‘lmasa-da, ammo bunga e’tiroz bildirmaysiz. Olomondan ajralib turish sizga yoqadi va ko‘pincha siz buni ataylab qilasiz. Sizning o‘zingizga xosligingiz ham shunda. Siz istaklaringizni to‘lig‘icha amalga oshirishni istaysiz va bu istaklar atrofdagilaringizning fikricha, biroz g‘alati. To‘g‘ri, buni inkor etmaysiz, ammo aksariyat hollarda haqiqatan ham haddingizdan oshayotganini his etasiz.

Nokia
. Me’yor tuyg‘usi sizda juda yaxshi shakllangan. Ilohiy uyg‘unlikka erishuv yo‘lidagi harakatlaringizga havas qilsa arziydi. Deyarli hamma joyda, hamma ishni qanday lozim bo‘lsa, shunday bajarasiz. To‘g‘ri, ko‘p hollarda harakatlaringiz barchaniki singari, bir xillikday ko‘rinadi. Bundan zerika boshlaysiz. Ammo bu faqat vaqtinchalik. Siz bu o‘tkinchi holatdan ham yaxshigina chiqib keta olasiz. Shuningdek, hamma vaqt suvdan va hatto botqoqlikdan ham quruq chiqib ketish qo‘lingizdan keladi.

Siemens. Maqsad sari intiluvchansiz, siz uchun muhimi ishonchlilik, aniqlik. Odatda, siz xotirjamlikka, muvozanatga intilasiz. Atrofdagilar siz haqingizda irodasiz deb o‘ylamasliklari uchun ko‘pincha kayfiyatingizning keskin o‘zgaruvini odamlardan yashirishga intilasiz. Shuningdek, mana shu, atrofingizdagilarni o‘zingizdan ko‘ra aqlsizroqmi, e’tiborsizroqmi deb hisoblagingiz keladi, ishqilib, ularning keng dunyoqarashiga biroz shubha bilan qaraysiz. Ammo faqatgina eng yaqin insoningiz – sevganingizninggina kamchiliklaridan ko‘z yumasiz, tug‘rirog‘i ularni ilg‘amaysiz.

Sony. Sizga keng miqyosdagi ishlar yoqadi. Faqat hammasi qonuniy va aql doirasida bo‘lsa bo‘lgani. Umuman, siz har qanday holatda ham qoidani buzmaslik kerak, deb hisoblaysiz. Hammasi qonun-qoida asosida bo‘lsin, aks holda bu o‘yinga qo‘shilmysiz. Jon tomiringizga qadar klassikani yoqtirasiz.

Ericsson. Ba’zan siz atrofdagilarni hayratda qoldirasiz. Sizning qanday fikrga kelishingizni oldindan aytib berish mushkul. Ba’zi qarorlaringizdan atrofdagilar lol bo‘lib qolishadi, sizga aynan shu kerakday, hech kimga qiyo ham boqmay yo‘lingizda davom etasiz. Qimmat buyumlarni ham, arzonlarini ham birday sotib olaverasiz. Va ulardan juda yaxshi foydalansiz.

Sonyericsson. Siz umuman yangi narsalarni yoqtirasiz, yangilikka o‘chsiz. Qiziquvchansiz, shuningdek, vaqtdan ortda qolishni yoqtirmaysiz. Turli ixtirolarni kuzatib borish sizning xobbingiz. Agar qiziqib qolsangiz, xohlagan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishingiz mumkin. Kamdan-kam holatlarda zerikasiz, doim nimadir bilan shug‘ullanish imkonini topasiz.

Artel. Siz konservativ, hissiyotga beriluvchan, xotirjamlikka intiluvchan kishisiz. Shahar tashqarisida, yaqinlar davrasida, chiroyli tabiat qo‘ynida yashashni istaysiz. Aslida bu faqat xohish. agar chindan ham sivilizasiyadan yiroq muhitga tushib qolsangiz, darhol nimalardandir noroziligingizni namoyon qila boshlaysiz. To‘g‘ri, yaqinlaringiz sizdan uzoqda bo‘lishsa, rostdan ham ularni sog‘inasiz. Ammo hr doim ham ularg tikilib turish sizga unchalik yoqinqiramaydi.

LG yoki Samsung. Siz barcha yorqin buyumlaru, kiyimlarni yoqtirasiz. Ko‘rganingiz hamono ularni o‘z uyingizga tashiysiz. Keyin bu narsa kerak bo‘ladimi yoki yo‘q, bu haqda o‘sha payti unchalik o‘ylab ham o‘tirmaysiz. Jahlingiz tez, shuningdek, biror mashg‘ulotga ham birdan kirishib ketishingiz mumkin. Ammo shunisi ham borki, darhol bu qiziqishingiz darhol so‘nishi ehtimoli ham bor.

RUHShONA tayyorladi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Telefoningizning rusumiga qarab fe’lingizdagi ba’zi xususiyatlarni aniqlang