
Ayol ko‘zguga qaraganida doim mamnunlik hissini tuyishi, hayotdan zavq ola bilishi lozim. Shunday ekan, atrofdagilarning ko‘zini quvnatib yurishdan charchamang!
1. Xushomadlarni qabul qilishni biladi
Ko‘zguga qarab «Ko‘rinishim yaxshimi?» degan savolingizga doim «hayratda qoldiradigan darajada go‘zalman!» deya javob qaytaring!
2. O‘ziga ishongan ayol tashqi ko‘rinishi borasida atrofdagilarning fikri bilan qiziqmaydi
Sochingizning rangini o‘zgartirib, dugonalaringizga: «Qaranglar, qanday ajoyib!» deng, hech kim fikringizni inkor etolmaydi!
3. Tabassum ulashishni kanda qilmaydi
Kulib turganingizni ko‘rganlar «tabassum aynan shu inson uchun yaralgan», degan fikrga kelsin. Demak, qovoq uyub yurishni bas qiling!
4. Haqiqiy ayol o‘zidan mablag‘ qizg‘anmaydi
Go‘zal tashqi ko‘rinish uchun bir safar bor maoshini sarflar. Bu fojia emas! Shuni bilingki, o‘zini sevgan ayolgina boshqalarning mehrini qozona oladi.
5. Tashqi ko‘rinishiga doir istalgan fikrga munosib javob qaytara olish san’atiga ega bo‘lishi kerak
6. O‘tib ketgan ish uchun sira afsus chekmaydi
Noxush vaziyatning ham ijobiy tomonini ko‘ra biladi. Keraksiz xotiralar va vaziyatlarni tezda unutadi.
7. Hech kimga hasad qilmaydi
Hasad raqiblar oldidagi qo‘rquv belgisi ekanini unutmang!
8. Boricha ko‘rinishdan cho‘chimaydi
Samimiy munosabati doim atrofdagilarni uni o‘ziga jalb qiladi.
9. Duch kelinadigan muammolarga yengilroq ko‘z bilan qaraydi
Tanqid qilganida, hatto koyiganida ham o‘zini og‘ir-vazmin tutadi. Uning gaplaridan so‘ng, odamlar haqiqatan yaxshi tomonga o‘zgarishga harakat qiladi.
10. Yomonlik va hiylalar haqida bosh qotirmaydi
Haqiqiy ayol shunchaki hayotdan zavq olib yashashni biladi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar