Ajinlar va teri qarishiga qarshi kurashda barcha vositalar ham birdek yaxshi, faqat ularning xavfsiz ekanligi muhim shart hisoblanadi. Shuning uchun sizga tabiiy va sinovdan o‘tgan vositalarni tanlashni tavsiya etamiz. Masalan, tabiiy yog‘lar.
Mavrak (shalfey) yog‘i
Bu teri go‘zalligi va sog‘lomligini saqlash uchun eng yaxshi vositadir. U mimika bilan bog‘liq nozik ajinlardan qutulish uchun tavsiya etiladi. Mavrak yog‘i namlantiruvchi krem bilan birga qo‘llanganda yaxshiroq samara beradi. Bu yog‘ antiseptik va antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lib, teridagi teshikchalarni kichraytiradi.
Sandal yog‘i
Quruq va po‘st tashlayotgan terini ajoyib tarzda yumshatadi. Yuzdagi mimika bilan bog‘liq, ayniqsa ko‘z burchaklaridagi ajinlarni hayratlanarli darajada tekislaydi. Sandal yog‘i teriga silliq ko‘rinish berib, uning elastikligini oshiradi. Bundan tashqari, u yog‘ bezlarining ishlashini normallashtiradi.
Uzum danagi yog‘i
Tarkibida teri qarishini sekinlashtiruvchi E vitamini ko‘p miqdorda mavjud. Bu yog‘ terining shikastlangan yuzasini qayta tiklash, yallig‘lanishning oldini olish va antiseptik xususiyatlarga ega.
Mirra yog‘i
Antibakterial va zamburug‘ning oldini oluvchi jihatlarga ega. Shuningdek, terini taranglashtirib, ajinlarning yo‘qolishiga xizmat qiladi. Bu yog‘dan foydalanish teri holatining yaxshilanib, kelgusida shikastlanishi oldini oladi.
Yorongul (geran) yog‘i
Terining har qanday turi uchun mos keladi. U qon aylanishini yaxshilaydi, teri elastikligini oshirib, unda namlikni saqlab turishga yordam beradi. Yorongul yog‘ini namlantiruvchi kremga ham qo‘shish mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha yog‘lar teri holatini bir necha karra yaxshilaydi. Faqat ularni qo‘llashda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etamiz. Efir yog‘lari allergiya chaqirishi mumkin. Shuningdek, ularni shundayligicha emas, asos bo‘luvchi yog‘ bilan aralashtirib (masalan, uzum danaklari yog‘i bilan) qo‘llash kerak.
Yoshlik sizni hech qachon tark etmasin!
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi