Bibisara Asaubayeva Javohir Sindarovni qo‘llab-quvvatlash uchun Jenevaga bordi (foto)

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva Jenevada jahon chempionligi uchun kurashayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni qo‘llab-quvvatlash uchun tashrif buyurdi.
- Javohir Sindarov 24 noyabr kuni hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan 14 ta klassik partiyadan iborat jahon chempionligi bahsini boshladi.
Qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisara Asaubayeva shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun kurashayotgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Shveysariyaning Jeneva shahriga bordi.
Asaubayeva safar davomida olgan suratlarini obunachilari bilan bo‘lishdi. U Jenevadagi dastlabki kunlari samarali o‘tayotganini, musobaqa zaliga borgani, matbuot anjumani va ochilish marosimida qatnashganini ma’lum qildi.
Shuningdek, shaxmatchi hamrohi Muhiddinning fotograf sifatidagi mahorati haqida hazillashdi. Uning aytishicha, Muhiddinni yaxshi suratga olishga o‘rgatish oson kechmayapti, uning fotograf sifatidagi faoliyati hozircha unchalik muvaffaqiyatli emas.

Javohir Sindarov 2026 yilda qancha mukofot puli ishlab topdi?
World Chess tashkilotining 19 noyabr holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Javohir Sindarov 2026 yilda turnirlarda jami 589 061 dollar mukofot puli qo‘lga kiritgan. Bu natija bilan u dunyo shaxmatchilari orasida turnir mukofot pullari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallagan.
Reytingda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandha 666 229 dollar bilan birinchi, amerikalik Fabiano Karuana esa 664 326 dollar bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan.

Jahon chempionligi uchun bahs boshlandi
Javohir Sindarov 24 noyabr kuni Jenevada amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju bilan jahon chempionligi uchun bahsni boshladi.
12 dekabrgacha davom etishi rejalashtirilgan uchrashuv 14 ta klassik partiyadan iborat. Shaxmatchilardan biri 7,5 ochko to‘plasa, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritadi. Agar asosiy bahsda g‘olib aniqlanmasa, tay-breyk o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionligi uchrashuvining umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…