Turkiyalik sportchi isroillik raqibini bir soniyada mag‘lub etdi (video)

Sport1 daqiqa o'qish1
Turkiyalik sportchi isroillik raqibini bir soniyada mag‘lub etdi (video)

Turkiyalik armrestling sportchisi Beytulah Majit Hindistonning Nyu-Dehli shahrida o‘tkazilgan 2026 yilgi Jahon chempionatida isroillik raqibi bilan bellashuv oldidan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi. Shundan so‘ng boshlangan bahsda u raqibini atigi bir soniyada mag‘lub etdi. Bu haqda DHA xabar berdi.

18 yoshgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi 60 kilogramm vazn toifasining o‘ng qo‘l bahsida turkiyalik sportchi Daniil Serbinenko bilan kuch sinashdi. Bellashuv boshlanishidan avval isroillik sportchi unga qo‘l uzatgan, biroq Majit uning qo‘lini siqmagan. Ushbu holat aks etgan lahzalar videoga tushgan.

Shundan keyin sportchilar bellashuv stoliga o‘tgan. Majit raqibini bor-yo‘g‘i bir soniyada mag‘lub etib, musobaqadagi eng qisqa davom etgan bahslardan birida g‘alaba qozongan.

Turkiyalik sportchi yarim finalda rossiyalik Abdullax Baykulovga imkoniyatni boy bergan. Natijada u 60 kilogramm vazn toifasining o‘ng qo‘l bahsida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

Majit chempionatni yana bir medal bilan yakunlagan. U chap qo‘l bahsida ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon armrestling chempionati 29 oktyabrdan 6 noyabrga qadar Hindiston poytaxti Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?