Archa o‘yinchoqlaridan birini tanlang-da, savolingizga javob toping.
1. Sizni g‘aroyib yil kutmoqda. O‘zgarishlar, yangilanishlar... Umuman olganda, yil chiroyli o‘tadi. To‘g‘ri, kichik muammolar ham ta’qib qilishi mumkin. Ammo sizdek uddaburon ayol uchun ular nima degan gap?! Uddalaysiz!
2. Yil romantikaga to‘la bo‘ladi. Kutilmagan uchrashuvlar, dil izhorlari, oilali bo‘lsangiz juftingizning sizga nisbatan mehr-muhabbati ortgandan ortadiki, teringizga sig‘may ketasiz.
3. Yangi yil omad qurshovida o‘tishi kutilmoqda. Muhimi, oldingizga aniq va kerakli maqsadlarni qo‘ying. Kelayotgan yilda mehnatingiz rag‘batini ko‘rasiz.
4. Tabiatan jiddiy inson bo‘lsangiz ham bu yil quvnoqlikdan qocholmaysiz. Do‘stlar bilan uchrashib, vaqtni xush o‘tkazish uchun kutilmagan sabablar chiqib kelaveradi, ammo bunga qarshilik qila ko‘rmang, aksincha zavqlanishga harakat qiling.
5. 2017 yil siz uchun xotirjamlik yili. Xech qanday yugur-yugur, xech qanday yoqimsiz, kutilmagan voqealar bo‘lmaydi. Hammasi o‘z o‘rni bilan, galma-galdan, siz istaganday yuz beradi. Bu yilda siz rosmana dam olasiz.
6. Kelayotgan yilda baxt sizning ajralmas hamrohingizga aylanadi. Xech qanday to‘siqlar sizning baxtli bo‘lishingizga to‘sqinlikk qila olmaydi. Bundan tashqari siz o‘z optimistligingiz bilan atrofdagilarni quvontirasiz, kuchga to‘ldirasiz.
7. Saxiy yil sizni quchoq ochib kutmoqda. Hayotdan norizo bo‘lishga sabab yo‘qligini tushunib etasiz. Ishlaringiz yurishib, anchadan beri o‘ylab yurgan rejalaringiz amalga oshadi.
8. Yil siz uchun tushunarsiz bo‘lishi mumkin. Mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan xodisalar yuz beradi. Ammo siz buning sababini topishga urinmang, shunchaki chetdan kuzating.
9. Bu yil sizga ko‘p va’dalar bermoqda. Unchalik harakat qilmagan ishlaringizning ham omadi keladi. Shunday insonlar bilan uchrashib tanishasizki, natijada ular bilan qalin do‘stlashsiz.
10. Sizni unutilmas yil kutmoqda. Har bir kunda qiziqarli voqea-hodisa ro‘y berishi mumkin. Yilning ikkinchi yarmida sayohatga chiqishingiz ham ehtimoldan holi emas.
11. Sabrli bo‘ling, deya kelayotgan yilda ancha-muncha o‘zgarishlar bo‘lishi kutilayotganini aytmoqchimiz. Zinhor tushkunlikka tushmang. Har qanday voqeadan to‘g‘ri xulosa chiqaring. Yil oxiriga kelib, sal yengillashasiz.
12. Chin ma’noda himmatli yil kutilmoqda. O‘z orzularingizni amalga oshirish uchun pulingizni ayamang. Lekin ehtiyot bo‘ling, barcha orzular ro‘yobi har doim ham baxt keltirmaydi.
13. 2017 yil siz uchun sir-sinoatlarga boy bo‘ladi. Xatto, siz xaqiqiy skeptik bo‘lsangiz ham, bu yilda shunday sirli hodisa yuz beradiki, siz bunga ilmiy javob topolmaysiz. Siz xuddi ertakdagi ajdarhoni enggan qahramonga aylanasiz.
14. Unumli yil bo‘lishi kutilmoqda. Yoddan ko‘tarilgan rejalar ham to‘satdan o‘z natijasini bera boshlaydi. Bu yil huddi osmondan yog‘ilganday barcha ishlaringizda baraka bo‘ladi.
15. Ideal insonni izlamang, deyishsa-da, bu safar salgina o‘zgartirish qilamiz. Chunki boshlanayotgan yil haqiqatan ham juda hayrli keladi. Qaysi ishga qo‘l urmang, amalga oshadi. Sizning vazifangiz esa hayotda shu ritmni doimiy saqlab qolishdir.
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi