12:49 / 31.12.2016
17 343

Ko‘z uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari

Ko‘z uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari

Bugun biz ko‘z uchun foydali bo‘lgan va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida gapirmoqchimiz.

Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda qorag‘at (chernika) va sabzi juda foydali deyishadi, lekin bu etarli bo‘lmaydi. Ular tarkibida lyutein, zeaksantin moddalari ko‘p bo‘lgan yashil va sariq sabzavotlar bilan qo‘shib iste’mol qilinganda ko‘rish qobiliyati yaxshilanish bilan birga ko‘zlar ham mustahkamlanadi.

Ko‘rish qobiliyatini saqlashda va ko‘zlarimiz holatini yaxshilashda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati:

Ismaloq, karam, mayda qovoqcha, makkajo‘xori va brokkoli – ko‘z uchun eng foydali hisoblanuvchi birinchi beshtalikka kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari.

Bryussel karami, salat yaprog‘i, qo‘zoqli loviya, pista va tuxum – ikkinchi beshtalikka kiruvchi mahsulotlar.

Mutaxassislar maslahatiga ko‘ra har ovqatlanishda bu oziq-ovqat mahsulotlarining birortasini salat sifatida iste’mol qilish – har doim ko‘zning oziqlanib turishini ta’minlaydi. Shuningdek, baliq va uning yog‘ kislotasi Omega 3 hamda greypfrut ham tavsiya qilinadi.

Shuni unutmangki, ko‘rish qobiliyatining pasayishiga ichish, chekish kabi yomon odatlar va semizlik, yuqori qon bosimi ham sabab bo‘lishi mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘z uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari