20:04 / 18.01.2017
10 297

Teri turiga qarab yuvinish vositasini tanlaymiz

Teri turiga qarab yuvinish vositasini tanlaymiz

Yuvinish uchun vosita tanlayotganda teringiz qanday turga mansub ekanligini e’tiborga oling.

Sovun. Kosmetologlar ogohlantirishiga qaramasdan, ba’zan yuvinishda sovunni ham qo‘llagan ma’qul. Ulardan bir haftada 2 marta ishqorli-kislotali balansni saqlash uchun foydalanish mumkin.

Muss va ko‘piklar sezuvchan, juda yog‘li va o‘rtacha yog‘lilikdagi yuz terilari uchun mos keladi.

Sutli vosita va losonlardan haddan tashqari quruq, juda sezuvchan va nozik yuz terilari uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday vositalar tarkibi qo‘shimcha ravishda oziqlantiruvchi, namlovchi va nozik tarzda tozalovchi qismlardan tashkil topgan.

Gel hamma turdagi terilarga mos keladi. Ko‘pincha bunday vositalar yallig‘lanish va husnbuzarlarni bartaraf qilishda yordam beradigan tetiklashtiruvchi, zararsizlantiruvchi tarkibiy qismlardan tashkil topgan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Teri turiga qarab yuvinish vositasini tanlaymiz