11:47 / 27.01.2017
14 208

Telefonni ko‘tarib birinchi aytadigan so‘zga qarab fe’l-atvorni aniqlaymiz

Telefonni ko‘tarib birinchi aytadigan so‘zga qarab fe’l-atvorni aniqlaymiz

Telefon jiringlaganda nima deb javob berasiz? Tinib-tinchimagan, doim yangilik axtaradigan psixologlar kishining telefon qo‘ng‘irog‘iga qanday javob berishi orqali uning fe’l-atvorini bilish mumkinligi haqida ma’lumotlarni keltirib o‘tishdi. Qiziqsangiz, sinab ko‘ring: go‘shakni ko‘tarib ilk bor qaysi so‘zni aytasiz va sizga berilgan ta’rif to‘g‘rimi?

“Alyo” – bunday javob beruvchi kishi olijanob, ishbilarmon, hazilkash. Muhimi, bu tiofa kishilarning asab tizimi mustahkam. Agar siz tez-tez qo‘ng‘iroq qilib g‘ashini keltiraman yo jahlini chiqaraman deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ular sizga doim bir maromda, xotirjam javob qaytarishadi.

“Allo” – bu so‘zni og‘ir-vazmin, ichimdagini top toifali kishilardan eshitishingiz mumkin. Ular bilan xovliqmasdan, ortiqcha gap-so‘zlarsiz gaplashishga harakat qiling.

“Eshitaman” deb javob beradigan kishilarni quruq mulozamatli, biroz befarq deyish mumkin. Bu toifadagilar ko‘pincha davlat idoralarida ishlaydiganlar bo‘ladi. Yaxshisi, ularni ikki marta “eshitaman”, deyishga majbur qilmang. Alohida hurmat bilan gaplashsangiz, iltimosingizni injiqliksiz qabul qiladi.

“Ha!” (Da!) – javobi o‘z-o‘zidan ma’lum, fe’l-atvordagi barqarorlik, ishonuvchanlik, shoshilmaslik, ba’zi hollarda ojizlikni anglatadi. U bilan ochiq, lekin muloyimlik, sabr bilan gaplashishga harakat qiling.

“Gapiring” – so‘zsiz qo‘pollik bu. Bu kishi o‘zi hurmat ko‘rsatmagan holda sizdan hurmat kutyapti. Siz ham unga shu ohangda gapiring. Faqat shundagina qo‘ng‘irog‘ingiz samara beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Telefonni ko‘tarib birinchi aytadigan so‘zga qarab fe’l-atvorni aniqlaymiz