Eng oddiy taomlar ham ziravorlar qo‘shilganda betakror va yorqin taomga aylanishi mumkin. Mohirlik bilan tanlangan ziravorlar yog‘siz parhez taomlarni ham mazali va eyishli qila oladi, deydi «Daryo» nashri. Asosiysi ularni to‘g‘ri uyg‘unlashtirish va qo‘llashda chegarani bilishdir.
Mahsulotlar va ziravorlar
Tovuq. Kashnich, kardamon, kurkuma va muskat yong‘oqli aralashmadan foydalaning. Duxovkaga joylashdan avval tovuqqa ziravorlar surib, 3—5 soatga sovutkichga qo‘ying.
Baliq. Zira, kunjut, kardamon va rayhon uning ta’miga xushxo‘rlik bag‘ishlaydi. Za’farondan ham foydalanish mumkin, faqat uni boshqa ziravorlar bilan aralashtirmaslik zarur. Baliqqa zaytun yog‘i surib, ustidan limon sharbatini siqing hamda ziravorlar aralashmasini suring. Uni 30 daqiqadan bir soatgacha marinadlab qo‘ying.
Go‘sht. Mol yoki qo‘y go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarga tuz va qalampir aralashmasidan tashqari, rayhon, zira va kashnich aralashmasini qo‘llash mumkin. Qo‘y go‘shti uchun, boshqa ziravorlar bilan aralashtirmasdan, ziradan foydalanish mumkin.
Sabzavotlar. Ular bilan istalgan ziravorlarni uyg‘unlashtirish mumkin. Kunjut, rayhon va karrini teng nisbatda aralashtiring. Sabzavotlarni zaytun yog‘i qo‘shgan holda grilda qovuring. Ularni dasturxonga tortishdan avval o‘tlar va ziravorlar aralashmasini ustidan seping.
Eng mazali va xushbo‘y ziravorlar
Za’faron. Go‘sht, baliq, osh, qandolatchilik mahsulotlari, sho‘rvalar va rizottoga ajoyib bezakdir. Issiq taomlarga tayyor bo‘lishiga besh daqiqa qolganda qo‘shiladi.
Rayhon. Go‘sht, qaylalar va souslar uchun mos keladi. Pissa va qo‘ziqorindan tayyorlanadigan taomlarga ham qo‘shish mumkin.
Kashnich. Go‘sht va baliqli taomlar, shuningdek, konserva, marinad va tuzlamalar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi.
Kardamon. Qahva yoki choy, pishiriq va bo‘tqa, guruch, sabzavotlar, sous va salatlarga qo‘shish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi