
Ovoz kishiga tavsif berishning eng muhim jihatlaridan biridir. Suhbatdoshimiz nima haqida va qanday so‘zlayotganligiga, o‘zimiz istamagan holda, doim e’tibor qaratamiz va tegishli xulosalar chiqaramiz. Xushohang ovoz va aniq talaffuz har doim yaxshi taassurot uyg‘otadi. Biroq tabiatan bunday xislatlarga ega bo‘lmagan kishilarga quyidagi mashqlar yordam beradi, deb yozadi «Daryo» nashri.
1. Ovozingiz juda past bo‘lsa
Qo‘lingizni qorningiz ustiga qo‘ying. Jahlingiz haddan ortiq chiqqan vaqtni eslang. Istalgan matnni qo‘lingizni qorningizga qo‘ygan holda talaffuz qilishga harakat qiling. Tovushlar aynan qorin sohasidan chiqishiga e’tibor qarating. Ichingizdagi nafratni chiqarib yuboring. Mashqni bir necha marta takrorlagandan so‘ng nutqingiz rasmiyligi yo‘qolib, samimiyroq jaranglay boshlaydi.
2. Agar ovoz tomoqqa «tiqilib» qolsa
Tomoqni ozod qilib, asosiy vazifani lablar va diafragmaga o‘tkazuvchi mashq bajaring. «Kyu-iks» bo‘g‘inlarini talaffuz qiling: «kyu» talaffuz qilinganda lablar aylana shaklga kirsa, «iks»ni ochiq tabassum bilan ifodalang. Mashqni 30 marta takrorlang, shundan so‘ng uning foydasiga ishonch hosil qilish uchun kichikroq nutqni talaffuz qilib ko‘ring. Bunday mashqdan so‘ng ommaviy chiqishlarda ovoz paychalari kamroq toladi.
3. Agar ovoz jarangdor bo‘lmasa
5—10 daqiqa istalgan matnni undosh tovushlarsiz baland ovozda o‘qing. Shundan so‘ng uni unli tovushlarsiz qayta o‘qing. Tez orada ovozingiz jarangdorlikka ega bo‘ladi.
4. Agar talaffuzingiz oqsasa
Talaffuzni istalgan matnni ovoz chiqarib o‘qish orqali yaxshilash mumkin. Masalan, biror shoir she’rini «yopiq og‘iz» uslubida: lablar tutashgan, tishlar orasini ochgan holda o‘qish mumkin. Shu tariqa artikulyasiyaviy mushaklar faolroq ishlay boshlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar