Ba’zan hayotda hech narsadan xursand bo‘la olmay qolamiz. Asabiylashish, xafagarchilik, tushkunlik doimiy hamrohga aylanadi. Bunday sharoitda tabiiy antidepressant mahsulotlar yordamga keladi. Bunday mahsulotlar organizmda baxt garmoni deb ataluvchi serotonin va noripinefrin miqdorini oshiradi, deb yozadi Daryo nashri.
Ana shunday kayfiyatni ko‘taruvchi mahsulotlardan biri shokoladdir. Uning xushbo‘y hidi g‘azablanishni kamaytirib, tarkibidagi feniletilamin baxt gormoni — endorfin ishlab chiqarilishiga sabab bo‘ladi.
Organizmdagi stressga qarshi kurashishda bodom ham yordam beradi. Tarkibidagi magniy tufayli asab tizimi har qanday ruhiy zo‘riqishga qarshi tura oladi. Shuningdek, undagi E vitamini stressni yuzaga keltiruvchi erkin radikallarni neytrallashtiradi, B2 vitamini esa serotonin ishlab chiqarilishiga turtki bo‘ladi.
Dengiz mahsulotlari vitaminlarga boy bo‘lib, tarkibidagi oqsil, fosfor va sink antidepressant samaraga ega. Losos balig‘i omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, organizmni stressdan xalos etishga yordam beradi.
Brokolli butun organizmni tozalash, toksin va kanserogenlarni neytrallashtirib, gormonal balansni tiklaydi, stress vaziyatlarda tinchlanishga yordam beradi.
Bizni yoshlikdan sut ichishga majburlashadi va to‘g‘ri qilishadi! Har kuni sut ichish nafaqat tish va suyaklarni kalsiy bilan ta’minlaydi, balki stress garmonlari ishlab chiqarilishiga ham to‘sqinlik qiladi.
Shuningdek, doim yaxshi kayfiyatda bo‘lish uchun ko‘proq banan iste’mol qiling. Banan tarkibidagi uch xil tabiiy shakar: saxaroza, fruktoza va glyukoza quvvatni tiklash va asab tizimini mustahkamlashga ko‘mak beradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi