11:09 / 22.02.2017
12 241

Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do‘sti ko‘p?

Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do‘sti ko‘p?

Oksford universiteti professori Robin Danbar boshchiligidagi britaniyalik olimlar ayol va erkaklarning do‘stlashish tushunchasiga munosabatini o‘rganib chiqib, quyidagi xulosaga keldi. Ayollar uchun do‘stlikni saqlab qolish uchun telefon orqali suhbatlarning tez-tez bo‘lib turishi etarli ekan. Bir vaqtning o‘zida, erkaklar yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, suhbatlashgan kishisini do‘st deb bilishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Tadqiqot sinovlarida 30 ta talaba ishtirok etib, do‘stlikka oid bir qator savollarga javob berishdi. Ular savollar orasida, barcha yaqinlari bilan qay uslubda aloqani saqlab turishini ham aytib berdi. Avval, birinchi bosqichda to‘qqiz oy, so‘ngra 18 oy davomida ish olib borgan olimlar guruhi ajoyib natijani qo‘lga kiritdi.

Xulosa shunday bo‘ldiki, ayollar dugonasi bilan telefon orqali suhbatlashib o‘z munosabatlarini bardavom saqlab turadi. Lekin, erkaklar uchun jonli suhbat va doimiy uchrashuvlar muhimroq ekan. Olimlarning fikricha, bu natija, nega erkaklarda ayollarga qaraganda kamroq do‘sti bor ekanini mantiqan tushuntirib bera oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega ayollarning erkaklarga nisbatan do‘sti ko‘p?