
Telefoningizdan maksimal darajada foydalanishni istasangiz go‘zallik va sog‘liq uchun foydali dasturlardan foydalanishni tavsiya etamiz. Ular hayotingizni yengillashtirib, vaqtingizni ham tejaydi, deydi Daryo nashri.
Qadamo‘lchagich
Hayot tarzingizda harakat kamroq bo‘lsa, aynan ushbu dasturni yuklab olishni tavsiya etamiz. U sizning bosib o‘tgan qadamlaringizni hisoblab, ko‘proq piyoda yurishga ruhlantiradi.
Water balance
Dastur siz iste’mol qiladigan suv miqdorini kuzatib boradi. Ma’lumki, organizmda suv etishmasligi sog‘liq bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Buning oldini olish uchun o‘z vaqtida kerakli miqdorda suv ichib turish kerak. Water balance bunda sizga ko‘mak beradi.
Ayollar kalendari
Oilani rejalashtirish, shuningdek, o‘zingizni qanday his qilayotganligingiz yoki dorilarni qabul qilish vaqtini qayd qilib borish uchun eng qulay dastur.
Perfect 365
Tashqi ko‘rinish bilan tajriba qilishni xush ko‘ruvchi, biroq keskin o‘zgarishlardan cho‘chiydiganlar toifasiga kirsangiz bu dastur aynan siz uchundir. U makiyajning bir necha minglab variantini o‘zingizda sinab ko‘rish imkonini beradi.
Hair Change
Salonga yo‘l olishdan oldin soch turmagini tanlashga yordam beradi. Buning uchun dasturga suratingizni yuklab, soch turi va yuz shaklingizga mos uslubni tanlashingiz mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar