Ko‘pchiligimiz pishloqning sog‘liq uchun foydali mahsulot ekanligini ba’zan unutib ham qo‘yamiz. Daryo nashri pishloqning har xil turlari, ularning organizmga foydasi va zarari to‘g‘risida maqola chop etdi.
Tarkibida yog‘i kam bo‘lgan pishloq
Bu pishloqlar yog‘i kam yoki butunlay yog‘i olingan sutdan tayyorlanadi. Pishloqning bunday turiga parmezan, romano, motsarella, rikkotu, chedderlar kiradi.
Tarkibida yog‘i ko‘p bo‘lgan pishloq
Semirib ketishdan qo‘rqib bunday pishloqlardan voz kechish yaramaydi, chunki uning hatto bir-ikki bo‘lakchasi ham siz uchun foydali bo‘lishi mumkin. Lekin brinza, feta va echki suti pishloqlarining kaloriyasi kattaligi va yuqori miqdorda to‘yingan yog‘larga ega ekanligini unutib qo‘ymang.
Tarkibida tuzi kam bo‘lgan pishloq
Sutning pishloqqa aylanish jarayonida tuz ham bevosita ishtirok etadi. Shuningdek, ta’mi, zichligi, saqlash muddati va inson organizmi uchun xavfsizligini belgilab beradi. Shu sababdan har qanday pishloqning tarkibida albatta tuz ishtirok etadi.
Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan pishloq
Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan pishloqning 30 grammida gohida sutkalik normaning uchdan bir qismi miqdorida tuz bo‘lishi hollari uchraydi. Pishloqning bunday turlariga rokfor, parmezan va biroz kamroq tuzlangan amerikacha va moviy pishloqlar kiradi.
Kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgan pishloq
Pishloq – dunyodagi tarkibi kalsiyga eng boy bo‘lgan mahsulotlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun, bu mahsulot o‘zining suyaklari va sochlari sog‘lomligi uchun qayg‘uradigan har bir kishining dasturxonida albatta bo‘lishi lozimdir. Ayniqsa Shveysariya pishlog‘i, chedder, rikottu, motsarella, gauda, kolbi va meksikancha aralash pishloqlari tarkibida kalsiy moddasi ko‘pligi uchun pishloqning bunday turlariga alohida e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi