17:16 / 24.02.2017
26 924

​Erkaklarni o‘zidan qochiradigan 6 toifadagi ayol

​Erkaklarni o‘zidan qochiradigan 6 toifadagi ayol

Ideal munosabatlarda biz juftimizga faqat bizdagi yaxshi tomonlarni ko‘rish imkonini beramiz, real hayotda esa ular bizlarning “qora” tomonlarimizdan xabardor bo‘lishlariga to‘g‘ri keladi. Biroq ayrim ayollar o‘zlarini o‘ta mehribon, ayrimlar o‘ta ehtirosli yoki muammolarga to‘lib toshgan qilib ko‘rsatishadi. Quyida e’tiboringizga erkaklar orqa-oldiga qaramay qochadigan toifadagi ayollarni taqdim etamiz.

MAKKORA

Makkora ayol erkak kishiga nima qilishni o‘rgatib, doim munosabatlarni nazorat qilishga urunadi. U o‘zini huddi muammolarni echa oladigan qilib ko‘rsatadi va doimiy ravishda erkakning har bir harakatini nazorat qiladi.

OYIJON

«Oyijon» doim juftiga enagalik qiladi. U doim undan havotirda, g‘amxo‘r, nima kiyishni o‘rgatadi, ishxonada nima egani bilan qiziqadi, uyqudan oldin peshonasidan o‘pib qo‘yadi.

Siz uchun bu me’yordir, ammo aslida unday emas. «Oyijon» juftining barcha shodlik, g‘am, parvoz va muvafaqqiyatsizliklarini o‘ziniki deb qabul qiladi. Bu erkakning joniga tegishi va u bunday munosabatlardan voz kechishi aniq.

O‘TA EHTIROSLI

«O‘ta ehtirosli» ayol erkaklarni o‘z domiga jinsiy munosabatlar bilan tortib, shu yo‘l bilan ularni nazorat qiladi. U erkak kishi u istagan narsani qilishi uchun barchasini qiladi. Ammo bu holat erkakdagi norozilik kayfiyatini uyg‘otishi mumkin.

MUAMMOLI AYoL

Bunday munosabatlarning syujeti oddiy: yigit qizni uchratadi, uni qutqaradi, va ular baxtli hayot kechiradi. Bu romantik tuyulishi mumkin, ammo faqat bir muddat ish beradi. Ohir-oqibat erkak ham qahramon bo‘lishdan charchaydi.

BUXGALTER

«Buxgalter» – ushbu roldagi ayol kim, qachon va nima uchun to‘layotganligini nazorat qiladi. Muammo shundaki, munosabatlar —biznes emas, hursandchilik.

MALIKA

Ayol doim «Malika» rolini o‘ynab, faqat o‘zi haqida o‘ylasa sevgini butkul unutadi. Bunday ayol doim uni cho‘qqiga ko‘tarishlarini istaydi. Bunday ayollar nafaqat juftini baxtdan bebahra qiladi, balki o‘zi ham haqiqiy sevgini his qilmay o‘tadi.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » ​Erkaklarni o‘zidan qochiradigan 6 toifadagi ayol