17:22 / 01.03.2017
12 314

Stressdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari

Stressdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari

Olimlar tomonidan aniqlanishicha, ma’lum bir oziq-ovqatlar kelib tushishi natijasida organizmda sodir bo‘ladigan kimyoviy jarayonlar asablar zo‘riqishining biroz bo‘lsa-da kamayishiga va yoqimli hissiyot uyg‘onishiga sabab bo‘lar ekan.

Rezavor mevalar

Qorag‘at (chernika) – organizmga ko‘plab usullar bilan ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi antioksidant. Qulupnay, malina va maymunjonlar stressga qarshi kurashishda samaradorligi o‘z isbotini topgan C vitaminlariga juda boydir.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, hayajonli chiqishlar oldidan bunday mevalarni eyish oqibatida stress gormoni ishlab chiqarilishi biroz kamayishi ma’lum bo‘ldi. Hatto, bunday samara muzlatilgan rezavor mevalarda ham kuzatilgan.

Moychechakli choy

Tinchlantiruvchi choylarning organizmga shifobaxsh ta’sirini yaxshi biladiganlar uni uxlashdan oldin ichadi. Moychechak choyi ham xuddi shunday shifobaxsh xususiyatga egadir.

Sarimsoq

Sarimsoqdagi kimyoviy birlashmalardan biri hisoblangan allisinlar yurak xastaliklari, saraton va virusli infeksiyalarning oldini olishga yordam beradi.

Ko‘k choy

Ko‘k choy tarkibida miya faoliyatining samaradorligini va uning stress bilan kurashish manbalarini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan aminokislotalar mavjud.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Stressdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari