
Organizmda nimadir yuz bera boshlasa u bizga biron-bir ishora bilan belgi berishi mumkinligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, ko‘pincha tanadagi har xil toshmalar va o‘zgarishlar kasallik paydo bo‘lishidan darak berishi mumkin.
Og‘iz qurishi
Bu stress va xafagarchilik ta’sirida bo‘lishi mumkin. Og‘iz qurishi o‘tib ketmasa va siz serjahl bo‘lib qolsangiz, unda bu holat sizga B3 vitamini (nikotin kislota) etishmasligining belgisidir.
Ko‘kimtir dog‘lar
Bu alomat qonning quyulishi yoki jigar faoliyati muammolaridan darak beradi.
Shishgan qovoqlar
Shu bilan birga umumiy charchoqlik va terining xira tortish belgilari paydo bo‘lsa, bu buyraklaringiz bilan bog‘liq muammolardan darak beradi.
Burunning tez-tez qonashi
Bu qon bosimining ko‘tarilishi yoki K vitamini etishmasligidan darak beradi.
Lablarning qurishi
Shuningdek, og‘iz burchagi mushaklarining bo‘shashganini, diqqatni to‘plash bilan muammolarni va sochlaringiz to‘kilayotganini sezgan bo‘lsangiz, bu holat sizga vitamin B2 (riboflavin) etishmasligidan dalolat beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar