Ko‘rish qobiliyati, ko‘zlar salomatligi va go‘zalligini asrash uchun nima qilish kerak? Bu borada quyidagi qoidalarga rioya qilish tavsiya etiladi.
1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil eting
Kompyuterda ishlash vaqtida xonaning yoritilish darajasi pastroq, xiraroq bo‘lishi kerak. Shuningdek Monitor yaqinida yorug‘lik manbai yoki yorqin yuzalar bo‘lmasligi kerak.
2. Har ikki soatda tanaffus qilib turing
Bunda ish joyingizni tark etish shart emas, bor-yo‘g‘i 1—2 daqiqaga ko‘zlarni yumish yoki 10 daqiqa davomida uzoqdagi ob’ektga tikilish kifoya.
3. Ko‘zlar uchun maxsus mashqlarni bajaring
Ularni muntazam ravishda — kuniga 1—2 martadan qilib turish maqsadga muvofiq.
Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, o‘ngga, chapga yo‘naltiring. So‘ng ko‘zlarni yumib va boshni to‘g‘ri tutib, turli shakllarni «chizgan» holda ko‘z soqqangizni aylantiring.
Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, so‘ng yuqori o‘ng, pastki o‘ng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda «sakkiz» chizib, so‘ng uni teskari tartibda takrorlang.
Mashqlar so‘ngida ko‘zlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming.
4. Ovqatlanish rasioningizga ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlarni kiriting
Misol uchun, sabzidagi beta-karotin moddasi ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chernikadagi antosianlar — kuchli antioksidantlar ko‘z kapillyarlari qayishqoqligini oshirib, tomir devorlarini mustahkamlaydi, shuningdek shamollash yuzaga kelishining oldini oladi.
5. Ko‘zlar salomatligi uchun maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling
Bundan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing. Mutaxassis ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rib, shundan keyingina o‘zingizga mos preparatlarni tavsiya qiladi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi