18:15 / 14.03.2017
8 537

Bahorda qanday ovqatlanish zarur?

Bahorda qanday ovqatlanish zarur?

Bahor kelishi bilan paydo bo‘ladigan muammolardan biri gipovitaminozdir. Bahor faslida vitamin etishmasligining oldini olish va to‘g‘ri ovqatlanishga o‘tish uchun nima qilish kerak? Bizning maqolamiz shular haqida.

Ko‘pincha bahorda ro‘y beradigan gipovitaminoz va immunitetning pasayishi holsizlanish, o‘ta charchoqlik, serjahllik, bosh og‘rig‘i va bosh aylanish holatlari bilan namoyon bo‘ladi.

Bu muammoni bartaraf qilishda vitaminlar, minerallar, ozuqali moddalar va o‘simlik tolalariga boy bo‘lgan turli xil oziq-ovqatlar yordam bera oladi. Organizmning tabiiy tozalanishini va ichaklar faoliyati yaxshilanishini ta’minlash uchun toza suv ichish ham katta ahamiyatga ega.

Bahor yaqinlashishi bilan immun tizimi faolligini kerakli darajada ushlab turish muammosi tug‘iladi va bu tizim faoliyatining sal pasayishi ham shamollashning rivojlanishiga olib keladi. Bunday hollarda vitaminlar va minerallarga boy bo‘lgan ovqatlar iste’mol qilish juda muhimdir.

Ming afsuski, kuzda yig‘ib olingan meva va sabzavotlarda bu moddalar kamayib ketadi, issiqxonalarda etishtirilgan o‘simliklar tarkibida esa undan ham kamroq bo‘ladi. Lekin, shunga qaramasdan meva va sabzavotlar iste’mol qilib turish foydali.

Donli, dukkakli, hatto bahorda ham tarkibida foydali moddalarni saqlab qoluvchi yong‘oq va quruq meva kabi oziq-ovqatlarni eyishni unutmang.

Iste’mol qilayotgan ovqatingiz tarkibida organizmning qurilish materiali hisoblanuvchi va ularsiz immunoglobulinlar ishlab chiqarish imkonsiz bo‘lgan oqsillar manbasi albatta qatnashishi shart. Bularga yog‘siz mol go‘shti, parranda go‘shti va tvoroglar kiradi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bahorda qanday ovqatlanish zarur?