09:44 / 16.03.2017
7 609

Yangi ish kollektiviga qo‘shilib ketish va hamkasblarga yoqish borasida maslahatlar

Yangi ish kollektiviga qo‘shilib ketish va hamkasblarga yoqish borasida maslahatlar

Har bir kishi hayotida bir marta bo‘lsa ham, yangi kollektivga qo‘shilib ketish zaruriyatiga duch kelgan. Bu birinchi yoki navbatdagi ish joyi bo‘lishi mumkin — har qanday holatda ham yangi hamkasblar bilan til topishish doim ham oson bo‘lavermaydi. Bunda o‘zini to‘g‘ri tutish juda zarur, chunki birgina qovushmagan so‘z yoki o‘rinsiz hazil hammani yangi xodimga qarshi qayratib qo‘yishi mumkin.

Birinchi kunlardanoq muloqot bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelmasligi uchun, hamkasblaringizning ism-shariflarini o‘rganib oling. Yangi xodim o‘zi birga ishlaydiganlarni esda saqlay olmaydigan holat hech kimga yoqmaydi.

Eng boshidan o‘zingizni yaxshi tomondan ko‘rsating. Kechikish mumkin emas, chunki bu hamma yangi xodim unchalik ishonchli emas, degan fikrga kelishiga sababchi bo‘ladi. Muloqotda odobli va xushmuomala bo‘lish kerak. Hech qanday vaziyatda janjalga aralashib qolmang. Qulay payt poylash yo‘lini tutib, vaziyatni tahlil qiling va o‘z xulosalaringizni chiqaring.

Yangi ishni tanqid qilib, uni eskisi bilan solishtirish kerak emas. Buni ichingizda, hech kimga eshittirib aytmasdan qilishingiz mumkin. Bunday fikrlar hamkasblar tomonidan haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin.

Yodda tuting, yangi kollektiv — siz o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas, axir bu ancha keng tarqalgan vaziyat. Sarosimaga tushish va xavotirlanish kerak emas. Asosiysi, o‘zingizcha qoling va samimiy bo‘ling, shunda hammasi joy-joyiga tushadi!

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi ish kollektiviga qo‘shilib ketish va hamkasblarga yoqish borasida maslahatlar