Olimlar qo‘l uvishishning eng keng tarqalgan sabablarini ma’lum qilishdi. Qo‘llarning noto‘g‘ri holatda qolishi har doim ham ularning uvishishiga sabab bo‘lavermaydi. "Ortodoks" tibbiy portali mutaxassislarning qo‘l uvishish sabablari haqidagi ma’lumotini taqdim etdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Olimlarning ta’kidlashicha, qo‘l uvishishiga birinchi sabab - bo‘yin osteoxondrozi - u qo‘l uvishishidan tashqari yana bosh og‘rig‘i va koordinasiyaning buzilishiga ham olib keladi. Ikkinchi sabab sifatida tunnel sindromi keltirilgan - u doimo bir xil qo‘l mehnati bilan shug‘ullanadigan kishilar: tikuvchilar, musiqachilar va dasturchilarda uchraydi. Shuningdek qo‘llarning uvishishi parishonxotirlik belgisi ham bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, vena trombozi, qandli diabet, kamqonlik hamda elka bo‘g‘imlari nevralgiyasi va yallig‘lanish kabi kasalliklar ham qo‘llar uvishishiga sabab bo‘ladi.
Eng xavfli asorat sifatida esa falaj tan olingan. Uning belgilari (qo‘llar uvishishi, fikrlar tarqoqligi, ko‘rish qobiliyati va koordinasiyaning buzilishi) paydo bo‘lishi bilanoq ikkilanmay tez tibbiy yordam chaqirish tavsiya etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Lukashenko agar norozilik namoyishlari bo‘lsa, Belarusda internetni butunlay “uzish” bilan tahdid qildi
Ukraina askari mashg‘ulotlardan bir hafta o‘tib qanday qilib asirga tushganini aytib berdi