Bugun biz aynan qaysi oziq-ovqatlar sport bilan shug‘ullanuvchi va sog‘lom hayot tarziga intiluvchi odamga to‘g‘ri kelmasligi haqida aytmoqchimiz.
Sut
Deyarli hamma sut mahsulotlari organizm tomonidan yomon hazm qilinadi. O‘z sog‘lig‘i bilan qiziqadigan odamlar yaxshisi, qaymog‘i olinmagan sut, konservalangan yogurt va boshqa laktozali mahsulotlar haqida unutganlari ma’qul.
Non
Non organizmga hech qanday foyda keltirmaydi, faqat qorinni to‘ydirishi mumkin.
Buning ustiga, hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchilar non va non mahsulotlariga hazm qilishni qiyinlashtiradigan ta’m kuchaytiruvchilar, konservantlar va boshqa kimyoviy qo‘shimchalar qo‘shadilar.
Dukkaklilar
Loviya va boshqa dukkaklilarni ko‘pincha go‘sht o‘rnini bosishga munosib deb maqtashadi. Qisman olganda bu to‘g‘ri: ularda oqsil miqdori juda baland. Lekin baribir hayvonlardan olinadigan oziq-ovqatlardagidan ko‘ra pastroq.
Bundan tashqari, dukkaklilar ko‘pincha me’daning buzilishiga olib keladi, shuning uchun, yaxshisi ulardan voz kechgan ma’qul.
Fabrika sharbatlari va mevalari
Albatta bu bankalar ichida mevalardan tashqari kam bo‘lmagan miqdorda shakar ham bor.
Umuman olganda, organizmda glyukozaning kelib tushishi natijasida yaxshi voqea sodir bo‘lmaydi, lekin, ayniqsa mashqlardan keyin bunday egulik xavfli hisoblanadi.
Xuddi shuning o‘zi ko‘pchilik paketlangan sharbatlarga ham tegishli. Bu shakar eritilgan suvning o‘zginasidir.
Muzlatilgan yarim fabrikatlar
Qancha yillardan beri avval fabrikaning, keyinchalik do‘kon muzlatkichlarida saqlangan to‘qmoqlangan tovuq go‘shti, baliqlar, bifshtekslardan iborat bunday ovqatlar sog‘lom odam uchun oqsil manbasidan organizmga kasalliklar to‘plamini olib kiruvchi toksinlar va bakteriyalarning haqiqiy manbasiga aylangan bo‘ladi.
Manba: «Daryo» “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi