Biron-bir sport turida muvaffaqiyatga erishish uchun bolalikdan jiddiy shug‘ullanish zarur. Bu erda katta mas’uliyat ota-ona zimmasiga yuklatiladi, chunki sizning tanlovingiz farzandingizning taqdirini belgilaydi. Bizning maslahatlarimiz bolangizga mos bo‘lgan sport turini aniqlab olishingizga yordam beradi.
Nimaga e’tiborni qaratish kerak?
Shunday ota-onalar borki, bolaning sport bilan bog‘liq hayotiga aralashishga, trener o‘rnini bosishga, bo‘lar-bo‘lmasga dakki beraverib va bu bilan bolaning kayfiyatini so‘ndirib uning har-bir qadamini nazorat qilishga urinadilar. Mutlaqo befarqlik va vasvasali holatda nazorat qilish istagi orasidagi o‘rtalikni topish muhimdir.
Qiyin tanlov
Ba’zi bolalar tug‘ilganidan boshlab fikri-xayoli sportning aniq bir turida bo‘ladi. Bu ko‘pincha ota-onalar yoki aka-opalar ta’siri tufayli yuz beradi.
Lekin, ko‘p hollarda sport turini shaxsiy omillardan kelib chiqib tanlashga to‘g‘ri keladi. Bu u yoki bu sport maskanining uyga yaqinligi, nufuzliligi yoki urf bo‘lgani bo‘lishi mumkin.
Nima uchundir ota-onalar bolaning o‘zini va imkoniyatlarini kamdan-kam hollarda xolisona baholaydilar. Ular aynan shu jihatlar uning muvaffaqiyatlarga erishishiga yordam berishini o‘ylamaydilar.
Navbatdagi bosqich — albatta shifokor ko‘rigidan o‘tish. Bola sportning muayyan turiga qatnashishga qaror qilgan bir paytda, to‘satdan bu uning sog‘ligiga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lib qolishi juda achinarli hol!
Xato qilishdan qo‘rqmang – hatto noto‘g‘ri tanlov ham hech narsa qilmaslikdan yaxshiroq. Bolangizni sportga iloji boricha ertaroq bersangiz, u katta bo‘lganida sizga rahmat aytadi.
Manba: Daryo “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Avstriyada santexnik 30 kilogramm og‘irlikdagi tilla tangalar topib oldi
Ukraina Kursk viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqish niyatida emas
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan sex aniqlandi
So‘rovnoma: Isroilliklarning 64 foizi Netanyaxu hukumatiga ishonmaydi