19:29 / 12.04.2017
7 594

Sukerberg, Geyts va Maskdan samaradorlikning nostandart sirlari

Sukerberg, Geyts va Maskdan samaradorlikning nostandart sirlari
Dunyoning eng yirik kompaniyalari rahbarlari doim o‘z vaqtini qanday boshqarish mumkinligi masalasiga duch kelishadi. Aftidan, ularning bari deyarli bir xulosaga kelgan ko‘rinadi: vaqtni ishga sarflagan ma’qul.

Mark Sukerberg, Bill Geyts va Ilon Mask haftasiga 70 soatdan ko‘p ishlashadi, dam olish kunlari ham bundan mustasno emas. Biroq ularning ajoyib g‘oyalari, yanada yaxshi bo‘lishga urinishi va g‘ayriinsoniy mehnatsevarligi o‘zini oqlaydi: bu insonlar dunyoning eng badavlat kishilari qatoridan joy olishdi. Ularning har biri o‘z vaqtidan optimal foydalanishning shaxsiy usullarini ishlab chiqqan. InsiderPro uch milliarderning samaradorlikni oshirishning noan’anaviy usullaridan ba’zilari haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

Mark Sukerberg hamma narsada oddiylikka intiladi

Sukerbergning bir xil kulrang futbolkalar va erkin uslubdagi kiyimlariga bo‘lgan "muhabbati" haqida ko‘p gapiriladi. Bu odat unga diqqatni ishga qaratib, kiyim tanloviga imkon qadar kam vaqt sarflashga olib keladi. Bunday oddiy yondashuv uning kundalik hayotining barcha jabhalariga tegishlidir.

31 yoshli milliarder va Facebook rahbari boshqa rahbarlar kabi idoraga Germaniyaning qimmatbaho sedan avtomobillarida emas, qora rangli kamtar Acura'da tashrif buyuradi.

Uning Palo-Altodagi uyi esa, qolgan milliarderlar sevuvchi hashamatlardan xoli. Bu Markka ortiqcha narsalarga chalg‘imay, bor e’tiborini ishga qaratish imkonini beradi.

O‘tgan yili sarmoyachilar bilan bo‘lgan uchrashuvda u shunday dedi:

"Vaqtimni ahmoqona yoki jiddiy bo‘lmagan narsalarga sarflasam, bajargan ishimdan qoniqish hosil qilmayman. Men bor quvvatimni eng yaxshi mahsulotlar va xizmatlarni yo‘lga qo‘yishga sarflayman".

Bill Geyts elektron pochtani nazorat qiladi va "Tafakkur haftasi"ni uyushtiradi

Bill Geyts 2006 yilda o‘z blogida elektron pochtani ko‘rib chiqishda unga oddiy qaror - uch monitor yordam berishi haqida yozgan edi.

Milliarder Microsoft direktorlar kengashi raisi va dasturiy ta’minotning bosh me’mori bo‘lgan paytida kuniga 100 dan ortiq xabarga javob berishiga to‘g‘ri kelardi. Ulardan birida kiruvchi elektron pochta aks etadi, boshqasida - ayni damda u ishlayotgan xabar. Uchinchi monitor oddiy Windows ish stoli uchun mo‘ljallangan. Bunday yondashuv Geytsga har bir xabarga e’tibor qaratish imkonini beradi. Ko‘plab yosh ishbilarmonlar uchun mazkur usul ayni muddaodir.

Bundan tashqari, Geyts har yili "Tafakkur haftasi" uyushtiradi. Bu vaqtda u o‘zining o‘rmondagi uyiga qarab yo‘l oladi va u erda tashqi dunyodan butkul uzilib, kitoblar hamda hujjatlar bilan yolg‘iz qoladi. Har qanday chalg‘ituvchi omillardan xoli etti kun ichida u bir yildan-da ko‘p mutolaa qiladi. Shu vaqtning o‘zida u strategiyalarni rejalashtiradi, hamkor kompaniyalar va tashkilotlarni yaxshilab o‘rganadi, o‘tgan yilni tahlil qiladi. "Tafakkur haftasi" Geytsni maksimal samarali rejimga o‘tkazadi.

Ilon Mask ko‘p vazifalilik san’atini mukammal darajaga olib chiqdi

Mask bir vaqtning o‘zida uch kompaniyani boshqaradi - Tesla, SpaceX va SolarCity. Shuning uchun 44 yoshli ishbilarmonning qachon uxlashga vaqt topishini tushunish qiyin (uning o‘zi o‘rtacha 6-6,5 soat uxlashini ta’kidlaydi).

Maskning 2007 yilgi tarjimai holida Maks Chaf­kin shunday yozadi:

"Kun bo‘yi ish bilan band bo‘lishida unga ikki rag‘batlantiruvchi omil yordam beradi: kofein va insoniyatning Marsga kolonizasiyasida yordamlashish istagi".

Mask haftani SpaceX va Tesla o‘rtasida bo‘lishga majbur. Bunda unga mukammal darajaga etkazilgan ko‘p vazifalilik san’ati yordam beradi: u hujjatlarni skanerlash vaqtida elektron xatlar yo‘llaydi; yig‘ilishlar o‘tkazib, bunga parallel ravishda telefonda xizmat vazifalarini hal qiladi; bolalar bilan o‘ynash barobarida sms-xabarlar yozadi (bunday iqror jamoatchilikning katta tanqidiga uchradi).

Mask idorada kuniga 15 soatdan ko‘p vaqt o‘tkazmasa-da, u ishlashdan to‘xtamasligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning ko‘p sonli majburiyatlarini inobatga oladigan bo‘lsak, vaqt tejashning eng samarali usuli - barchasini birda bajarish.

Oramizda kuniga 15 soatdan ishlashga yoki ko‘p milliardli kompaniyalarni boshqarishga tayyor odamlar ko‘p emas. Biroq uncha ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida ko‘p ish bajarib, siz uchun haqiqatda muhim bo‘lgan narsalarga diqqatni jamlash mumkin.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sukerberg, Geyts va Maskdan samaradorlikning nostandart sirlari