Anomal issiqda Konditsionerni qanday to‘g‘ri ishlatish kerak?

Anomal issiq kunlarda konditsionerdan to‘g‘ri foydalanish sog‘liq uchun ham, elektr xarajatlari uchun ham muhim. Ko‘pchilik masofadan boshqarish pultidagi haroratni qancha past qo‘ysa, xona shuncha tez soviydi, deb o‘ylaydi. Aslida esa pultda sovuq havoning kuchini emas, xonada ushlab turilishi kerak bo‘lgan haroratni belgilaysiz.
Masalan, konditsionerni 16°C ga qo‘yish xona darhol muzdek bo‘lib ketadi, degani emas. Bunday holatda qurilma eng past haroratga yetishishga urinadi va uzoq vaqt yuqori yuklamada ishlaydi. Natijada elektr sarfi ortadi, konditsionerga ortiqcha zo‘riqish tushadi, lekin xona kutilganidan tezroq sovimaydi.
Eng maqbul harorat 22–25°C atrofida. Bu ko‘rsatkich xonada qulay muhit yaratadi, organizmga keskin sovuq ta’sirini kamaytiradi va elektr energiyasini tejashga yordam beradi. Ayniqsa, tashqarida harorat juda yuqori bo‘lganda, konditsionerni haddan tashqari past darajaga qo‘ymaslik kerak.































Izohlar 0
…