15:53 / 02.05.2017
7 046

Mashqlardagi muvaffaqiyatning asosiy siri

Mashqlardagi muvaffaqiyatning asosiy siri
Uyingizda ko‘plab mashq bajaruvchi apparatlarning yo‘qligi sizning mashqlaringiz samarasini kamaytirmaydi. Aksincha, bajariladigan mashqlar turi qancha kam bo‘lsa, ularning samarasi shuncha ko‘p bo‘ladi.

Boshida o‘zingiz oddiy savolga javob bering: mashq qilishda eng muhimi nima?

Kimdir mashq qilishda asosiysi — bu mushaklarni his qilish deb aytadi. Faraz qilamiz, bu haqiqatan ham shunday. Oddiy tajriba o‘tkazib ko‘ramiz. Qo‘lingizni tirsakdan buking va muskullarni kuch bilan tarang qiling. Qanday, mushaklarni his qildingizmi? Mashqlarni tamomlash mumkinmi?! Menimcha, yo‘q. Demak, hissiyot — bu hali hammasi emas.

Samarali fitnesning asosiy qoidasini esda tuting: qomat o‘zgarishni boshlashi uchun mashqlardagi yuklamalar ham o‘zgarishi kerak, ya’ni ular ko‘payib borishi kerak.

Yuklamani qanday oshirish kerak?

Mashqlarni uyda bajarsangiz, siz har doim ham ularga og‘irlik qo‘sha olmaysiz, lekin bu ham muammo emas. Siz xuddi shu sur’at bilan mashqlarning takrorlanish sonini oshirishingiz mumkin.

O‘tirib turish

Oyoqlar va dumba uchun o‘tirib turishdan ko‘ra yaxshiroq mashqlar yo‘q. Bundan tashqari, o‘tirib turish son, bel va hatto qorin mushaklarini ham ishlatadi.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mashqlardagi muvaffaqiyatning asosiy siri