22:06 / 08.05.2017
7 520

2017 yil 9 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qiladi?

2017 yil 9 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qiladi?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
9 may bayram kuni. Shunday ekan, kayfiyatingiz ham bayramona bo‘lishi shart. Buning uchun oila a’zolaringiz bilan munosabatlarda ertalabdanoq muloyimlikka intiling. Bugun moddiy ahvolingiz ham kechqurunga borib yaxshilanishi kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida yaqin insonlar uchun sovg‘alar xarid qilishingiz mumkin. Salomatlik bobida umuman qayg‘u chekmasangiz bo‘ladi. U ham bayramona tusga kirishi kutiladi. Kechqurun, navbatdagi ish kuni oldidan yaxshilab dam oling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Agar dangasalik bugun ham vujudingizni qamrab olmasa, ko‘zlagan barcha rejalarni amalga oshirasiz. Kun davomida keragidan ham ko‘proq yangi xabarlar eshitasiz. Muhabbatda tuyg‘ular emas, reallikka e’tibor qarating. Kechki paytga borib salomatligingiz biroz pand bera boshlashi mumkin. Kechqurun qo‘shnilardan biri sizni mehmonga chaqirishi ham ehtimoldan xoli emas. Moliyaviy masalada tashvish tortmang. Kechqurun yulduzlar qo‘lingizga albatta pul kelib tushishini bashorat qilishgan.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
9 may kuni erta tongdanoq egizak burji vakillarining kayfiyati bayramona bo‘ladi. Ba’zilar juftidan yangi mehmon kutilayotgani haqidagi xabarni eshitib, hayratga tushishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida ertangi rejalarni puxtalashtirib olsangiz, ziyon qilmasdi. Yaqindagina tijorat bilan shug‘ullana boshlaganlar bugun rosmanasiga mo‘may daromad olish pallasiga kirishadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Yulduzlar 9 may kuni nafaqat kissadagi pulga, balki salomatlikka ham jiddiy munosabatda bo‘lishingizni maslahat berishmoqda. Agar vujudingizda iroda kuchi kamaya borayotganini sezsangiz, barcha ishlarni tashlang-da, dam oling. Shubha-gumonlarga erk bermasangiz, barcha rejalaringiz amalga oshadi. Kechqurun yolg‘iz qolib yaqin o‘tmishda yo‘l qo‘ygan xatolarni xomcho‘t qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
9 may kuni bayram bahonasida barchaning ko‘nglini olishga urinasiz. Ammo bu harakatingiz zoe ketishi mumkin. Chunki hamma o‘z tashvishi bilan band. Ko‘pchilikka xursandchilik yoqmasligi ham mumkin. Yaxshisi, yaqinlaringiz uchun o‘zingiz bayram uyushtiring. Do‘stlarga qo‘ng‘iroq qilib bayram bilan tabriklang. Imkon topsangiz, tabiat qo‘ynida dam olib qayting. Oila qurmaganlar bugun kechga qadar bo‘lg‘usi juftini uchratishlari ham ehtimoldan xoli emas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Garchi 9 may bayram, dam olish kuni hisoblansa-da, parizod burji vakillarining ayrimlari ish haqida o‘ylashdan tiyila olishmaydi. Sizga tanishlardan biri yangi, maoshi ko‘p ish topgani haqida xabar qilishi mumkin. Rozi bo‘lavering. Ammo eng yaqin do‘stlarga ham siringizni aytmang. Sog‘lig‘ingiz haqida alohida qayg‘uring. Bu masalada nima eyish zarur bo‘lsa, eng, eyish mumkin bo‘lmaganidan yuz o‘giring. Oilasi yo‘qlar muhabbatga oshno bo‘lishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermasliklari tavsiya qilinadi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
9 may kuni birinchi qiladigan ishingiz yoshi ulug‘ qarindoshlarga qo‘ng‘iroq qilib yoki borib bayram bilan tabriklashdan iborat bo‘lishi zarur. Keyin uyni tartibga keltirish, tomorqada ishlash va xonalarni bezatish kabi mashg‘ulotlarga e’tibor qarating. Juftingiz bilan munosabatlar bayramona kechishi kutiladi. Salomatligingiz esa biroz pand bera boshlashi mumkin. Oldini olib ko‘rikdan o‘tib qo‘ysangiz foydadan xoli bo‘lmasdi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar bugun eng sevimli xobbingiz bilan mashg‘ul bo‘lish, tomorqada jismoniy mehnat bilan band bo‘lishingizni maslahat berishadi. Atrofdagilar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. Qalbingizdagi hasad olovini o‘chirib, ertangi ish kuni oldidan yaxshilab dam olishni tashkillashtiring. Kunduzi serqatnov ko‘chalarda nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Jarohat olishingiz xavfi bor. Kechqurun qo‘shnilardan biri siz haqingizda g‘iybat tarqatganidan xabar topasiz. Biroq asabni asragan holda undaylarni xudoga topshirib qo‘yavering. Albatta jazosini oladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
9 may kuni o‘zingiz qolib o‘zgalar muammolarini bartaraf etish bilan band bo‘lishingiz kutiladi. Lekin esda tuting, bugun salomatligingiz havas qiladigan darajada yaxshi emas. Immunitetni ko‘tarishga harakat qiling, taom iste’molida ehtiyot bo‘ling. Aks holda oshqozoningizda jiddiy muammo tug‘ilishi hech gap emas. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kechqurun oilaviy bayram uyushtirsangiz ham yarashib tushgan bo‘lardi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun shaxsiy manfaatlaringizga qarshi bormang. Atrofdagilar bilan muloqotda og‘ir-bosiqlikka e’tibor bering, hech kimga qattiq gapirmang. Ayniqsa yaqinlaringizga nisbatan adolatli bo‘ling. Yo‘qsa orangizda katta janjal yuzaga kelishi mumkin. Olis safarga chiqish va samolyotda parvoz qilishni boshqa kunga qoldiring. Kechqurun uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qilishingizni yulduzlar maslahat berishgan.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
9 may kuni yaqin do‘stlaringizdan kimlardir sizga hasad qila boshlaganidan xabar topasiz. Kunni imkoni boricha oila davrasida o‘tkazishga harakat qiling. Ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldiring. Bugun uyni ta’mirlash, yangi uy sotish va sotib olish muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda hech kim sizni ranjitmaydi. Kechqurun moddiy jihatdan ahvolingiz albatta yaxshilanadi. Surunkali xastalikka uchragan bo‘lsangiz, kun davomida salomatlikni nazoratda ushlang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Tijorat sohasida ter to‘kadiganlar bugundan mo‘may daromaddan umid qilaversalar bo‘ladi. Oila a’zolaringiz haqida qayg‘uring. Tushdan keyin oilaviy tarzda tabiat qo‘ynida dam olib, bayramni o‘sha erda kutib olsangiz ham ziyon qilmaydi. Bugun mehmonga borish, eski qadrdonlar bilan muloqot qilish xayrli kechadi. Kechqurun og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil 9 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qiladi?