22:40 / 09.05.2017
7 332

2017 yil 10 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

2017 yil 10 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
10 may kuni bayramdan so‘ng ishlash og‘irroq kechishi tayin albatta. Agar charchagan bo‘lsangiz, bugun ham dam olishingiz mumkin. Ishga yo‘l olishni ixtiyor qilsangiz, sizni ko‘plab kutilmagan sovg‘alar kutadi. Qolaversa, dam olish kunlari o‘ylab topgan yangi g‘oyalaringizni rahbarlar hukmiga havola etsangiz yanada yaxshiroq bo‘ladi. Bugun azartli o‘yinlar, olis safarga chiqish ko‘ngilsizlik hadya etadi. Yaxshisi, kechqurun salomatlik haqida qayg‘uring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

Yulduzlar bugun sizga unumli va quvonchli kunni va’da qilishmoqda. Ko‘zlangan rejalaringiz amalga oshadi, bundan tashqari, har bir boshlagan ishingiz sizga ham moddiy, ham ma’naviy lazzat baxshida etadi. Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshlarnikiga mehmon bo‘lib borishingiz mumkin. Kechqurunga yaqin sog‘lig‘ingiz pand bera boshlashi kutiladi. Mutaxassis ko‘rigidan o‘tib qo‘ysangiz, muammo kattalashmaydi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
10 may kuni nihoyat kissani pulga to‘ldirib olishingiz uchun qulay imkoniyatlar tug‘ilishi kutilmoqda. Buning uchun sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi kunlik ishlarni taklif etishadi. Shunday ekan, do‘stlar, tanishlardan qarz ko‘tarishni xayolingizga ham keltirmang. Qolaversa, ish joyingizdagi rahbarlar ham bajargan ishingizni moddiy rag‘batlantiradigan bo‘lib turibdi. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmon tashrif buyurishi mumkin. Bu ertangi rejalaringizni butkul o‘zgartirib yuboradi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun juftingizga ko‘proq e’tibor qarating. Aks holda shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi hech gap emas. Kimlardir bugun lotoreya o‘ynab katta pul yutib olishi kutiladi. Firibgarlar ta’qibiga tushib qolishdan saqlaning. Ular sizga o‘zaro hamkorlikda ish yuritish, birgalikda daromad ko‘rishni taklif qilishlari mumkin. Bu siz uchun ko‘ngilsizlik va yo‘qotishlar bilan yakun topishi tayin.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
10 may kuni hamkasblardan tortib tanish-bilishlargacha yurish-turishingiz, gap-so‘zlaringiz, ishdagi professionalligingizga yana bir bor tan beradi. Ular qarshisida obro‘yingiz bir pog‘ona yuqorilaydi. Ammo kun davomida dangasalikka qarshi kurashishingiz mumkinligini ham unutmang. Moliyaviy masalada faqat qalbingiz buyurganini qiling. Baribir bugun katta miqdorda pul ishlab topa olmaysiz. Sog‘lig‘ingiz haqida ham qayg‘uring.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Parizod burjining ijodkor vakillari bugungi kundan ko‘p narsa kutsalar yarashadi. Birinchi navbatda sog‘lig‘ingizni tiklash uchun qulay imkon tug‘iladi. Undan unumli foydalanib qolishga harakat qiling. Reklama sohasida ishlaydiganlarning daromadi bugun bir necha oy ter to‘kib topadigan daromad miqdoriga teng bo‘ladi. Olis safarni rejalashtirgan bo‘lsangiz, albatta muvaffaqiyatga erishasiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
10 may kuni dam olishga, nafas rostlashga vaqt topa olmay halak bo‘lasiz. Qarindosh-urug‘larning muammolarini bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi. Bugun uy, mashina ta’miri, uy qurish muvaffaqiyatli kechadi. Xullas, har bir faol harakatingiz albatta o‘z mevasini beradi. Kechqurun allakimlar dastidan depressiya holatiga tushib qolishingiz ehtimoli bor. Xotirjam bo‘lishga harakat qiling. Juda bo‘lmasa, yolg‘iz qoling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Pul tikiladigan ishlardan, tashkilotlardan voz keching. Sababi, aldanib qolishingiz xavfi bor. Hatto arzimagan yolg‘on ham sizni tanazzulga uchratishi mumkin. Kun davomida badavlat, yuqori lavozimli shaxslardan biri bilan tanishishingiz kutiladi. Muhabbatda tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling, og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilishdan saqlaning.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
10 may kuni ishlaringiz baroridan kelishi tayin. Ilgari oxiriga etkazilmagan ishlarni do‘ndirganingiz bir yoqda qolib, yangilarini ham uddalashga ulgurasiz. Kunning ikkinchi yarmida qarzlaringizni uzasiz. Moddiy ahvolingiz ham havas qilsa arziydigan darajada bo‘ladi. Shaxsiy hayotingizga oid muammolarni hal etishda qalb amriga bo‘ysungan holda ish ko‘ring. Kechqurun o‘zingizga yaqin masofada turadigan qarindoshlardan biri xonadoningizga mehmon bo‘lib kelishi mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun omadga erishishingizda hayotiy tajribangiz katta yordam beradi. Oilaviy hayotda tinglovchi rolini o‘ynashingiz talab etiladi. Shunda yaqinlaringiz bilan orangizda bahs, janjallar paydo bo‘lmaydi. Juftingizni rashk qilmang, hech qursa kamroq rashk qiling. Bu odat aksar hollarda ajrashishgacha borib etishi hech gap emas. Sog‘lig‘ingizni tez-tez nazorat qilib turing. Bahor havosi salomatlikni ham kutilmaganda har ko‘yga solishi turgan gap.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
10 may kuni barcha turdagi safar, uchrashuv va yig‘inlarni ortga surasiz. Bugun o‘tganlar haqiga duolar o‘qish, janjallashgan odamlar bilan yarashish ko‘ngildagidek kechadi. O‘zingizga yoqmaydigan, yolg‘onchi, ikki yuzlamachilardan nariroq yurishga intiling. Kechqurun salomatligingiz yomonlashuvi kutiladi. Oldini olib vrach ko‘rigidan o‘tib qo‘ying. Bu siz uchun faqat ijobiy natija beradi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 may kuni ishda o‘ta faollik talab qilinadi. Siz nafaqat o‘zingiz, balki hamkasblardan biri uchun ham ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Oila qurmaganlar yolg‘izlikdan charchaganliklarini tushdan keyin chuqurroq his eta boshlashadi. Lekin bundan chalg‘ishning usullari ko‘p, albatta topasiz. Kechqurun yaqin kishingiz bilan birga toza havoda sayr qiling, maroqli suhbatlar quring. Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar bugun boshqa kunlardagiga nisbatan kamroq daromad ko‘rishlari mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 2017 yil 10 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?