date
views 18 244

Sehr-jodudan asrovchi tumor taqsa bo‘ladimi?

Sehr-jodudan asrovchi tumor taqsa bo‘ladimi?
Savol: — Assalomu alaykum! Savolim quyidagicha: «Sehr-jodudan(issiq sovuq) saqlaydigan tumorlar mavjud hozirda. Ularni tayyorlab beradiganlarga ishonsa bo‘ladimi? Shunday tumorlarni taqish mumkinmi?

O‘MI fatvo hay’ati: — Va alaykum assalom! Yoshi katta, Qur’on o‘qib, o‘ziga o‘zi dam solish qo‘lidan keladigan yoshdagi kishilar tumor taqishlari noto‘g‘ri. Yosh bolalarga oyat va duolar yozilgan tumor taqishga ruxsat berilgan. Har kimga, ayniqsa, bu ishni kasb qilib olgan kishilarga ishonavermasdan, ichiga nima yozilganini ko‘rib, oyat bo‘lsa, olib, go‘daklarga taqish joiz. Ishonchli olim kishilarga murojaat qilish kerak. Chunki bu sohada yolg‘onchi folbinlarga duch kelib qolish mumkin. Har bir inson kimdan, nimani olayotganiga e’tiborli bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!

Manba: hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Sehr-jodudan asrovchi tumor taqsa bo‘ladimi?
LiveInternet