09:35 / 20.05.2017
13 221

Tezkorlik bilan ozishning yangi usuli o‘ylab topildi

Tezkorlik bilan ozishning yangi usuli o‘ylab topildi
AQShda ozish uchun yangi qurilma — AspireAssist’dan foydalanish rasman ma’qullandi, deb yozadi «Sof.uz» nashri. U tana vaznini tezkorlik bilan tashlash imkonini beradi, butun jarayon esa o‘n daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi.

AspireAssist’dan foydalanish uchun qorin bo‘shlig‘iga maxsus klapan o‘rnatish kerak. Operasiyaning o‘zi 15 daqiqaga cho‘ziladi va umumiy narkozsiz amalga oshiriladi. Ozish uchun qurilma kateter quvurchasi yordamida oshqozonga ulanadi.

AspireAssist 22 yoshdan kattaroq bo‘lgan va jarrohlik operasiyasisiz oza olmaydigan ortiqcha vaznli kishilarga mo‘ljallangan.

To‘liq ovqatlanib olgach, AspireAssist foydalanuvchisi qurilmani qorin bo‘shlig‘idagi klapanga ulashi kerak. O‘zini ortiqcha vazndan xalos etish uchun egulikning ortiqchasini (taxminan uchdan bir qismini) hojatxonaga to‘kish kerak. Ovqat o‘rniga bo‘shliqqa suv kiritiladi.

Klinik sinovlar AspireAssist qurilmasidan foydalanuvchi kishilar bir yil ichida tana vaznining 12,1 foizini yo‘qotishini ko‘rsatdi. Nazorat guruhidagi boshqa bemorlar parhezlar yordamida ozdi, ular esa umumiy vaznning 3,6 foizinigina tashlashga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tezkorlik bilan ozishning yangi usuli o‘ylab topildi