23:32 / 20.05.2017
6 615

21 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..

21 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Yulduzlar shaxsiy hayotda bugun qaysarliklarga yo‘l qo‘ymasligingizni maslahat berishmoqda. Bu juftingizga ham, oilangizning boshqa a’zolariga ham yoqib tushmasligi tayin. Ish joyingizda esa professionalligingizni yana bir bor namoyish etish uchun imkoniyatlar yo‘q emas. Kechki payt ishdan qaytayotganda, yoqimli xabar eshitasiz. Agar ortiqcha vazndan azoblanayotgan bo‘lsangiz, bugundan unga qarshi kurash boshlang, albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Kechqurun vaqtni oila davrasida kechiring.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 may kuni sizni ajoyib lahzalar kutadi. Ishingizga tegishli ajoyib yangiliklarni eshitasiz. Tushdan keyin ancha burun yo‘qotib qo‘ygan qimmatli buyumingizni tasodifan topib olasiz. Bu ham sizga bir olam quvonch bag‘ishlaydi. Bugun moliyaviy ahvolingiz ham juda a’lo ko‘rinishga kiradi. Salomatligingizga ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar, ish, taom va ichimliklardan yuz o‘giring, afsuslanmaysiz. Kechqurun sizni oilangiz bilan tanishlardan biri mehmonga taklif etishi mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun xayolparastlik, orzumandalik sizga zarardan bo‘lak hech narsa bermaydi. Real hayotga real nazar bilan boqing. Har bir vaziyatni o‘z holicha qabul qiling. Ba’zilar ish joyida yangi lavozimga ega bo‘lishlari ham ehtimoldan xoli emas. Oila qurmaganlar garchi yorqin holatlarga oshno bo‘lmasalar-da, muhabbatda ilgarigidek xotirjam va quvnoqligicha qolishadi. Sog‘liqni va asablarni asrang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
21 may kuni qisqichbaqa burji vakillari avvaliga yolg‘iz qolishni istay boshlashadi. Keyinchalik eng yaqin insonlar bilan miriqib suhbatlashishni ixtiyor etishadi. Agar biror yumushning uddasidan chiqa olmayotgan bo‘lsangiz, atrofdagilarni yordamga chaqirib ovora bo‘lmang. Iloji boricha o‘zingiz mustaqil tarzda muammolarni hal etishga harakat qiling. Bugun zararli odatlardan voz kechish, uy va mashina oldi-sotdisi omadli kechadi. Kun davomida bemor qarindoshlardan xabardor bo‘lib qo‘yishni unutmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun yulduzlar kutilmaganda yuqori lavozimga tayinlanishingiz muqarrarligini aytishmoqda. Lekin buning uchun barcha bilim va tajribangizni ishga solgan holda harakatlar sodir etishingiz kerak. Oila qurmaganlar bugun albatta kelgusi turmush o‘rtog‘ini uchratishadi. Taqdirning o‘zi sizga bu uchrashuvni hadya etadi. To‘yni tezlashtirmasangiz bo‘lmaydi. Moliyaviy muammolarni faqat norasmiy yo‘l bilan hal eta olasiz.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
21 may kuni ikkinchi darajali hisoblangan barcha ishlarni chetga surib, asosiylariga kuch sarflang. Qachonlardir kimgadir jiddiy masalada yordam bergan bo‘lishingiz mumkin. Bugun o‘sha odam sizga qimmatli yordamingiz uchun ajoyib sovg‘a hadya etish ehtimoli bor. Moddiy jihatdan muammo bo‘lmaydi. Xaridlar qilishni davom ettiraversangiz bo‘ladi. Sog‘liqni saqlash masalasida jiddiyroq usullardan foydalaning. Bugun tunda ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi kutiladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tijorat bilan shug‘ullanuvchilar, tadbirkorlar bugun hamkorlarga qo‘shimcha daromad olish niyatida umid bilan boqmasinlar. Baribir niyatingiz vojib bo‘lmaydi. Xudo berganiga shukr qiling, buning qadriga eting. Shaxsiy hayotga taalluqli azaliy orzularingizdan biri ayni 21 may kuni ushalishi mumkin. Ayollar bugun kun davomida go‘zallik saloniga albatta chiqib kelishlari tavsiya qilinadi. Ammo sog‘liqni ham nazardan chetda qoldirmang.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Agar chayon burji vakillari sergaklikni qo‘ldan bermasalar, kechga qadar kissadagi pulingiz bir necha o‘n marotaba «bola»laydi. Daromadning bir qismini yaqinlaringizga sarflamoqchi bo‘lsangiz, bu ishni chin ko‘ngildan amalga oshiring. Bugun yurak va arterial qon bosimi bezovta qilishi kutilmoqda. Shuning uchun oldini oling, vrach ko‘rigidan o‘tishga erinmang. Kechqurun do‘stlar davrasida bo‘lishingiz ehtimoli bor.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar bugungi kunni oila a’zolaringiz bilan birga tabiat qo‘ynida o‘tkazishingizni maslahat berishadi. Basharti ishlaringiz ko‘p bo‘lsa, faqat asosiylarini bajaring. Oila qurmaganlar 21 may kuni romantik tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Lekin tanishuv zamirida qanday sir yashirin ekanini tekshirib ko‘ring. Aks holda chuv tushib qolishingiz ham hech gap emas. Asablarni kun davomida xotirjam ushlay olsangiz, salomatlikda muammo tug‘ilmaydi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
21 may kuni o‘ta faolligingiz, hazilga moyilligingiz bilan barchani hayratga solishingiz kutiladi. Bu sizga yangi tanishuvlarni taqdim etadi. Shaxsiy hayotingizda esa muammolar qalashib yotibdi. O‘shalarni deb bugun eng muhim ishlarni uddalashga ulgurmasligingiz mumkin. Juftingiz bilan orangizda sovuq munosabatlar yuzaga kelishi ham ehtimoldan xoli emas. Ammo bu sizni shaxsiy hayotga yanada real nazar bilan boqishga majbur qiladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun xoh moddiy, xoh boshqa muammo bo‘lsin, barchasini baravar hal etishingiz uchun imkoniyatlar eshigi ochiq. Faqat ishtiyoq so‘nmasa bas. Qolaversa, bu ishda sizga o‘zingiz hech qachon murojaat etib ko‘rmagan bir odam yaqindan yordam ko‘rsatadi. Olis safar 21 may kuni muvaffaqiyat keltirmaydi. Juda tinchlana olmasangiz, yaqin masofada joylashgan manzillarga borib dam oling. Bu safar davomida adashib qolishdan ehtiyot bo‘ling. Salomatligingiz bugun pand beradigan holatda emas, xotirjam bo‘lavering!
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
21 may kuni tadbirkorlar xorijlik hamkorlar bilan birgalikda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritishlari mumkin. Aynan bugun ko‘pchilikni g‘oyibdan keladigan mo‘may daromad kutib turadi. Qarama-qarshi jins vakillari bilan bo‘ladigan xufiyona uchrashuv faqat ko‘ngilsizliklarnigina hadya etadi. Oila qurmagan do‘stlarimiz uchun bugun arzirli yangilik ko‘zga tashlanmaydi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 21 may kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?..